Dunyoda

Rossiya FXX 3 nafar Ukraina maxsus xizmat josusini qoʻlga oldi – video

© Sputnik / Maks Vetrov / Fotobankka oʻtishSotrudnik podrazdeleniya spetsnaznacheniya FSB Rossii
Sotrudnik podrazdeleniya spetsnaznacheniya FSB Rossii - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 02.12.2021
Rossiyada Ukraina maxsus xizmatlari josuslarining faoliyatiga chek qoʻyildi
TOSHKENT, 2 dek — Sputnik. Rossiyaning uchta viloyatida Ukraina maxsus xizmatlari josuslarining faoliyatiga chek qoʻyildi, deb xabar qildi Federal xavfsizlik xizmati (FXX) matbuot xizmati.
FXX maʼlumotlariga koʻra, SBUning ikki nafar agenti - Zinoviy Kovil va uning oʻgʻli Igorni, shuningdek, Ukraina Mudofaa vazirligi bosh razvedka boshqarmasi agenti Aleksandr Tsilik qoʻlga olindi.
Kovalning mashinasida kalta stvolli va avtomatik qurol, shuningdek, shaxsiy himoya vositalari topildi.
“Qoʻlga olinganlar (Zinoviy va Igor Koval) ularni Ternopol viloyatidagi SBUning xodimi, 1973 yilda tugʻilgan polkovnik Vasiliy Vasilevich Kovalik tomonidan yollagani va ularga strategik obʼyektlar haqida maʼlumot toʻplash vazifasini topshirganini tan oldi, bu xizmat uchun 10 ming dollar mukofot vaʼda qilingan", - deyilgan xabarda.
1998 yilda tugʻilgan Aleksandr Tsilik ham Ukraina maxsus xizmatlari uchun ishlaganini tan oldi.
"Kiyev viloyatida yashovchi <...> u yollangani va 1988 yilda tugʻilgan, sektor boshligʻi - Ukraina Mudofaa vazirligining Bosh razvedka boshqarmasi maxsus rezerv tezkor guruhi xodimi podpolkovnik Kirilovts Maksim Leonidovich koʻrsatmasiga asosan ishlaganini tan oldi”, — deb taʼkidlandi matbuot xizmatida.
FSB zaderjala grajdanina Uzbekistana za nezakonnoye peresecheniye gosgranitsы iz Ukrainы v RF - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.09.2021
Rossiya
FXX Ukraina maxsus xizmatlari bilan hamkorlik qilgan oʻzbekistonlikni qoʻlga oldi - video
U umumiy massasi trotil ekvivalenti 1,5 kilogramm boʻlgan 2ta qoʻlbola portlovchi moslama yasashni va terakt sodir etishni rejalashtirgan.
Portlovchi moddalarni Rossiyaga olib borish uchun u Kirilovts va ikki harbiy razvedkachi hamrohligida chegarani noqonuniy kesib oʻtgan. U jinoyat sodir etish joyiga ketayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olindi.
Bundan tashqari, Ukraina Mudofaa vazirligi Razvedka bosh boshqarmasi katta ofitseri, 1-darajali kapitan Sergey Shvidenko olti yilu olti oyga qattiq rejimdagi koloniyaga hukm qilingan.
Ukrainalik Shvidenko qoʻporuvchilik guruhining tayyorgarligini muvofiqlashtirgan va ishini nazorat qilgan. 2016 yilda Qrimda uning toʻrt nafar aʼzosi hibsga olindi: polkovnik Dmitriy Shtiblikov, podpolkovnik Aleksey Stogniy, 2 darajali kapitan Gleb Shabliy, podpolkovnik Aleksey Bessarabov va razvedka agenti Vladimir Dudko. FXX radiotelevizion uzatish markazi minorasini, mobil gaz turbinali elektr stantsiyasini, yoqilgʻi-moylash materiallari omborini va Qora dengiz floti radio markazining ustunini portlatishni rejalashtirganini aytdi.
Shvidenkoning oʻzi 2021 yil iyulida hibsga olingandi. U maxsus xizmatlarga ishlashini tan oldi va operatsiyani Ukraina Mudofaa vazirligi bosh razvedka boshqarmasi "Janub" operativ boshqarmasi rahbari polkovnik Nikolay Spodar bevosita boshqarganini aytdi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala