Kolumnistlar

Rossiyaning NUJga qiyoslangan aviatashuvchilar kushandasi

© Sputnik / Vitaliy Belousov / Fotobankka oʻtishSu-35S vo vremya letnoy programmы
Su-35S vo vremya letnoy programmы  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 02.12.2021
X-35U yuqori aniqlik bilan zarba beruvchi raketasining Su-35S ogʻir qiruvchi samolyoti bilan integratsiyasi - uchirish nuqtasidan 500 km dan ortiq masofada joylashgan istalgan dengiz nishonlarini yoʻq qilish imkonini beradi.
Bu Qora dengiz, Boltiqboʻyi, Arktika va Uzoq Sharqda Rossiya chegaralari mudofaasini samarali “mustahkamlaydi”.
Bir qator sinovlardan soʻng X-35U - yuqori masofaga aniq zarba beruvchi qanotli raketa Rossiyaning hozirgi kunda eng kuchli qiruvchi samolyotlari arsenali safiga qoʻshildi. Raketa konstruktsiyasi va dasturiy taʼminotining ayrim elementlarini oʻzgartirish orqali X-35Uni Su-35S qurol-yarogʻ majmuasiga birlashtirish mumkin boʻldi. Bunday, albatta oson boʻlmadi, axir raketa kichik emas: uning uzunligi 4 metrga yaqin, ogʻirligi 550 kg.
Ehtimoliy dushmanning radarlariga “kam koʻrinadigan” X-35U, Rossiyaning bir necha suv usti raketa kemalari, zarba beruvchi samolyotlari arsenalida bor. Undan tashqari “Bal” qirgʻoq mudofaa tizimi tarkibida ham qoʻllaniladi. Shunday boʻlsa-da, uni Su-35S ning fantastik imkoniyatlari bilan integratsiya qilish – raketani jangovar qoʻllash va rivojlanishida yangi bosqichdir.
Qudratli X-35U qanotli raketalari va Su-35S “kosmik” qiruvchilarining integratsi qilinishi Rossiya va uning ittifoqchilari xavfsizlik darajasini “sifatli” oshishini taʼminlaydi.
Qanotli koʻrinmas
Eʼtiborli oʻquvchilarimizga X-35U yaxshi tanish, chunki u haqida “Bal” qirgʻoq himoya majmuasi haqidagi hikoyada Sputnik batafsil aytib bergan edi. X-35Uning takomillashtirilgan, uzoq masofali modifikatsiyasi sinovlari davomida raketa 500 km dan ortiq masofadagi suv usti nishonlariga bemalol zarba bera olishini isbotladi. Undan tashqari, yangi nishonga olish tizimi dushmanning quruqlikdagi yaxshi himoyalangan nishonlarini ham yoʻq qila olishini koʻrsatdi. Shunday qilib raketaning yangi modifikatsiyasi texnik xususiyatlari “Bastion” qirgʻoq mudofaa majmuasining 800 km masofaga zarba beruvchi P-800 “Oniks” tovushdan tez raketa imkoniyatlariga yaqinlashdi.
Yuqori tezlik, kuchli zarba berish quvvati, yashirinlik va nishonga aniq tegish sifatlari bilan X-35U “jahon chempioni” unvoniga loyiq.
Ispыtaniya giperzvukovoy raketы “Tsirkon” pokazali na video - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 31.08.2021
Kolumnistlar
“Bitta raketa yetadi”. Rossiya floti "samolyot tashuvchi kemalarning qotili" bilan qurollanadi
Boshlangʻich ogʻirligi yarim tonnadan ortiq, aralash nishonga olish tizimiga ega boʻlgan kemaga qarshi raketa suv sathidan 4 metr balandlikda 300km/soat tezlikda uchadi. Nishonga yaqin masofa qolganda u suv sathiga 2 metrgacha yaqinlashadi va dushman havo himoya tizimiga mutlaq koʻrinmas boʻlib qoladi. Ogʻirligi 145 kg boʻlgan jangovor qismi dushmanning har qanday esminetsi yoki fregatini dengiz tubiga joʻnatish imkoniga ega. Ana shunday zarbalardan bir nechtasi avia tashuvchini ham yoʻq qiladi.
Qanotli X-35lar oilasi Barents, Qora, Oxota va Yapon dengizlaridagi otishmalarda oʻz jangovar samaradorligini namoyish etib kelmoqda. Rossiya harbiy-dengiz floti bugungi kunda har biri sakkizta X-35 raketasi bilan jihozlangan 40 ta oʻziyurar “Bal” toʻplari bilan jihozlangan. Bu umumiy uzunligi 38 ming kilometrdan ortiq boʻlgan Rossiya dengiz chegaralari xavfsizligining kafolatidir.
X-35Uning qoʻshimcha ravishda yana kamida 50ta Su-35S ogʻir qiruvchi samolyotlarida joylashtirilishi Rossiya havo-kosmik kuchlarining oʻt ochish quvvatini sifatli oshiradi va Jahon okeanida zarba berish hududni sezilarli oshiradi. Jangovar vaziyatda ehtimoliy dushmanning aviatashuvchi guruhlari Rossiya qirgʻoqlariga paluba samolyotlardan foydalanish masofasiga hatto yaqinlasha olmaydi.
“Oʻzga sayyorali” qiruvchi
Koʻpmaqsadli va chaqqon ogʻir qiruvchi samolyot Su-35S – texnologik jihatdan Rossiyaning HHKning eng mukammal mashinasi (deyarli beshinchi avlod ostonasidagi) hisoblanadi. Harbiy kuch nuqtai-nazaridan Su-57ga oʻxshash. Har ikkala samolet ham 14,5 tonna tortish kuchiga ega boʻlgan plazma yondiruvchili AL-41F1S dvigatellar bilan jihozlangan. Undan tashqari u raqamli boshqaruv tizimi, har tomonlama tortish vektori va uzaytirilgan xizmat muddatiga ega. Ushbu dvigatel forsaj rejimidan foydalanmasdan tovush tezligiga yetish imkonini beradi.
Su-35S qiruvchi samoleti tezligi va chaqqonligi yaqin raqobatchilari imkoniyatlaridan sezilarli darajada ustun turadi va va bortda 8 tonngacha jongovar yukni koʻtara oladi. Jumladan uzoq masofaga zarba beruvchi "Kalibr-A" hamda “havo-yer” turkumidagi boshqa raketalar. Qiruvchi samolyotning maksimal tezligi - 2500 km, qoʻshimcha yoqilgʻi baklarsiz jangovar radiusi- 1800 km.
Xorijiy ekspertlar qiruvchi samoletning 400 kmgacha boʻlgan masofada dushman samoletlarini “koʻra oladigan” radar tizimini alohida taʼkidlab oʻtadi. L-diapozonli radar Su-35 ga Amerikaning yashirin F-22 va F-35 “koʻrinmas” samolyotlari boʻyicha noyob imkoniyatlar taqdim etdi. “Irbis” radarlari esa bir vaqtning oʻzida 30 ta havo nishonlarini kuzatib va sakkiztasiga hujum qilish imkonini beradi.
Mejdunarodnыy aviatsionno-kosmicheskiy  salon MAKS-2019. Den chetvertыy - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 04.05.2020
Dunyoda
Xitoy OAVlari F-22 va Su-57 “jangi” yetakchisini aytdi
Yirik dengiz obʼyektlari Su-35 radarlariga yaxshiroq “koʻrinadi” va uning qurollari oldidan zaif. Taqqoslash uchun, AQShning beshinchi avlod F-22 Raptor qiruvchi samoleti havo nishonlarini 225 km masofada tutib olishi mumkin. Biroz oldin, Suriya osmonida Su-35 Raptorni nishonga olishga muvaffaq boʻldi. Amerika samoleti esa “Rossiya platforma”sini hatto topa olmagan.
Qiruvchi samolyot uchuvchisining aynidi damdagi vaziyatdan xabardorligini optik-elektron va radiolokatsion razvedka tizimlari taʼminlaydi. Parvoz haqidagi maʼlumotlar ikkita LCD displeyida “tasvir ichida tavsir” rejimida koʻrsatiladi. Axborot-nazorat tizimining “Intellektual yordami” bilan jangovor vazifalarni hal qilish ancha soddalashtirilgan. Havoda 16ta Su-35 samolyotlari harakatlarini avtomatlashgan tartibda oʻzaro muvofiqlashtirish va nishonlarni oʻzaro taqsimlash imkoni mavjud.
Yuqorida taʼkidlanganidek, Su-35S ilk jangovar sinovdan Suriyada oʻtdi. U yerda, ogʻir sharoitlarda, qiruvchi oʻzining yuqori samadorligini va ishonchliligini namoyish qildi. Bugungi kunda, Rossiya Aerokosmik kuchlari safida 60ta ana shunday mashinalar bor. Xorijiy mijozlar tomonidan ham unga qiziqish katta: Xitoy 24 ta Su-35 samoletini sotib oldi, Indoneziya (Jazoir va Misr shartnomalarini hisobga olmaganda) 11 ta samoletga buyurtma bergan. Avvalroq, Le-Burje aviasalonida samolet balandlikni yoʻqotmagan holda oʻz oʻrnida tekis aylanish mahoratini namoyish qilgandan soʻng Su-35S NUJga qiyoslangan edi.
Voyenno-texnicheskiy forum Armiya-2018 vo Vladivostoke  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 18.07.2019
Dunyoda
Erdoʻgʻon Rossiyadan “Su-35” samolyotlarini sotib olish haqida oʻylamoqda
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala