Hodisalar

Surxondaryoda Afgʻonistonga noqonuniy oʻtmoqchi boʻlgan Frantsiya fuqarosi ushlandi

© AFP / FARSHAD USYANUzbeksko-afganskaya granitsa
Uzbeksko-afganskaya granitsa - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 02.12.2021
Oʻzbekistondan Afgʻonistonga noqonuniy oʻtishga uringan Frantsiya fuqarosi qoʻlga olindi. Uning yonidan psixotrop moddalar topilgan.
TOSHKENT, 2 dek – Sputnik. Surxondaryo viloyati Termiz tumani hududida Afgʻonistonga noqonuniy oʻtmoqchi boʻlgan Frantsiya fuqarosi qoʻlga olindi, deb xabar qildi Surxondaryo viloyat IIB Matbuot xizmati.
Xabarda aytilishiga koʻra, 26 noyabr kuni Surxondaryo viloyati DXX Chegara qoʻshinlari naryadi Oʻzbekistondan Afgʻonistonga noqonuniy chiqib ketish maqsadida, Termiz tumani hududidagi temir yoʻl orqali piyoda davlat chegarasidan oʻtishga uringan Frantsiya fuqarosi T.M. toʻxtatilgan.
Xorijiy fuqaro bojxona nazoratidan oʻtkazilganda uning ryukzaki ichidan 26 dona “Topalgic 50 mg tramadol” nomli tabletkalar borligi aniqlangan va dorilar daliliy ashyo sifatida olib qoʻyilgan.
Ayni damda ushbu holat yuzasidan viloyat Bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala