Dunyoda

Tolibon* yil oxiriga qadar Afgʻonistonda elchixonalar ochilishini kutmoqda

© Sputnik / Alexey Kudenko / Fotobankka oʻtishPredstavitel politicheskogo soveta dvijeniya "Taliban"*
Predstavitel politicheskogo soveta dvijeniya Taliban* - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 02.12.2021
Afgʻonistonda bir necha davlatlar elchixona ochishga tayyor, lekin hozircha biz ularning nomini maʼlum qila olmaymiz, dedi Tolibon* vakili.
TOSHKENT, 2 dek – Sputnik. Tolibon* yil oxiriga qadar Afgʻonistonda chet davlatlar elchixonalari ochilishini kutmoqda, dedi harakatining rasmiy vakili Muhammad Naim.
"Biz kelgusi yilga qadar elchixonalar ochilishini kutmoqdamiz, lekin men hozircha ushbu davlatlar nomini ayta olmayman", - dedi Naim.
Maʼlumot uchun, biroz oldin Tolibon* harakatining Doxa (Qatar) shahrida joylashgan siyosiy vakolatxonasi 10ta mamlakat diplomatlari, jumladan AQSH vakillari ishtirokida muzokaralar oʻtkazgani haqida xabar qilingan edi. Uchrashuvda Tolibon* tomonidan Afgʻoniston TIV rahbari vazifasini bajaruvchi Amir Xanom Muttaki boshchiligidagi delegatsiya ishtirok etgani maʼlum qilingan edi.
Eslatib oʻtamiz, Tolibon* harakati kuchlari 15 avgust kuni Qobulni qarshiliksiz egallab olishgan edi. Shu kundan boshlab Tolibon* mamlakatda hokimiyat oʻrnatishga harakat qilmoqda. Harkat tomonidan Afgʻonistonning muvaqqat hukumati tarkibi eʼlon qilingan, lekin dunyoning biror davlati hozircha ularni tan olgani yoʻq.
Ushbu yilning 21 oktyabri, kun "Moskva formati"da boʻlib oʻtgan uchrashuvda 10ta mamlakat vakillari ishtirok etgan edi. Rossiya, Xitoy, Pokiston, Hindiston, Eron va barcha Markaziy Osiyo davlatlari vakillari. Uchrashuv yakunida Tolibon* vakillari bilan Afgʻonistonda ham siyosiy ham milliy nuqtai nazardan inklyuziv hokimiyat tashkil qilish haqida kelishib olingan edi.
* terrorchilik faoliyati uchun BMT sanktsiyalari ostiga kiritilgan
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala