Jamiyat

Toshkent viloyatida “Sputnik Layt” vaktsinasidan buster doza sifatida foydalanilmoqda

© Sputnik / Aleksandr Kryajev / Fotobankka oʻtish Vaktsina "Sputnik Layt"
 Vaktsina Sputnik Layt - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 02.12.2021
Yuqori Chirchiq tumanida 65 yosh va undan yuqori fuqarolar buster doza sifatida “Sputnik Layt” bilan emlanmoqda.
TOSHKENT, 2 dek – Sputnik. Toshkent viloyatida aholini koronavirusga qarshi qoʻshimcha (buster) doza bilan emlashda Rossiyaning “Sputnik Layt” vaktsinasidan foydalanilmoqda. Bu haqda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati xabar bermoqda.
Viloyatning Yuqori Chirchiq tumanida joylashgan “Ariran” pansionatida 26 nafar 65 yosh va undan yuqori fuqaro buster doza sifatida “Sputnik Layt” bilan emlangan.
Taʼkidlanishicha, koronavirusga qarshi buster doza bilan emlanish haqida respublikaning barcha hududlarida keng koʻlamli tushuntirish ishlar olib borilmoqda.
Avvalroq Toshkent shahrida koronavirusga qarshi “Sputnik Layt” vaktsinasi bilan emlash boshlagani xabar qilingan edi.
Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekistonda 17 noyabrdan toʻliq emlangan fuqarolarni buster (qoʻshimcha) doza bilan ixtiyoriy emlash boshlangan.
Effektivnost Sputnika Layt priznal nezavisimыy jurnal The Lancet - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 04.11.2021
Video
Dunyo mutaxassislari "Sputnik Layt"ning samaradorligini tan oldi - video
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala