Hodisalar

Toshkentda yirik narkolaboratoriya fosh etildi

© pexels/Kindel MediaNarkoticheskiye veщestva
Narkoticheskiye veщestva - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 02.12.2021
Jinoiy guruh aʼzolarining 3 nafari Toshkent va xorijdagi nufuzli OTMlari talabalari. Bandaning bitkoin kriptovalyutasida jamgʻarilgan qariyb 114 ming dollari ham musodara qilingan.
TOSHKENT, 2 dek – Sputnik. Davlat xavfsizlik xizmatlari (DXX) xodimlari Toshkentda sintetik giyohvandlik moddasini yashirin laboratoriyada ishlab chiqarayotgan va uni Internet orqali sotayotgan guruh faoliyatiga chek qoʻyishdi.
Tezkor tadbir davomida uyushgan jinoiy guruh poytaxtda ijaraga olingan uchta xonadonda "mefedron" sintetik giyohvandlik moddasini yashirin laboratoriya sharoitida ishlab chiqarayotgani aniqlangan.

Tintuvlarda bu xonadonlarda 892 gr "mefedron" 45 gr "alfa-P" va posintetik moddalari hamda 360 litrdan ortiq zaharli kimyoviy moddalar va zarur asbob uskunalar borligi aniqlangan.
Shuningdek, xufiya joylarga yashirib qoʻyilgan 898 gr "mefedron" moddasi, 15 litr va 12 kg miqdoridagi turli xil kimyoviy moddalar hamda 8 litr "bromketon" olib qoʻyilgan. Bundan tashqari, noqonuniy yoʻllar bilan bitkoin kriptovalyutasida jamgʻarilgan qariyb 114 ming dollar musodara qilingan.
1992 va 2000 yillar oraligʻida tugʻilgan guruh aʼzolarining 3 nafari Toshkent va xorijdagi nufuzli OTMlari talabalari ekani maʼlum boʻlgan.

Shuningdek, DXX sintetik giyohvandlik moddalarini chet eldan olib kelganlarni ham qoʻlga olgan.
Xususan, yuk mashinasida chet eldan keltirilgan elektrosamokat ichiga yashirib qoʻyilgan 1 kg 994 gr "mefedron" va 499 gr "spays" moddalari hamda 6 dona "gashish" kapsulasini qabul qilib olgan vaqtida toshkentlik 25 yoshli muqaddam sudlangan shaxs ushlangan.

Shuningdek, 1984 yilda tugʻilgan fuqaro xorijdan yuk mashinasida olib kelingan elektrosamokat ichiga yashirib qoʻyilgan 500 gr geroin, 947 gr gashish, 500 dona LSD nomli giyohvandlik modda va 60 dona gashish kapsulasini qabul qilib olgan vaqtida qoʻlga olingan.
Jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala