Jamiyat

Dam olish kunlari qanday ob-havo kutilmoqda

© AFP / Christof StacheTuman u bavarskoy derevni Groebenzell v Germanii
Tuman u bavarskoy derevni Groebenzell v Germanii  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 03.12.2021
Oʻzbekistonda 4-5 va 6-7 dekabr kunlari qanday ob-havo kutilayotgani haqida batafsil "Oʻzgidromet" prognozida tanishing.
TOSHKENT, 3 dek - Sputnik. Kelayotgan dam olish kunlari va dushanba va seshanbada Oʻzbekistonning ayrim hududdlarida qisqa muddatli yogʻingarchilik boʻlishi va tuman tushishi mumkin. Havo harorati oʻrtacha +5 ... +7 daraja iliq boʻladi.
Qoraqalpogʻiston va Xorazmda
Havo oʻzgarib turadi, 4 dekabrda baʼzi joylarda biroz yomgʻir yogʻishi mumkin, 5-7 dekabrda yogʻingarchilik kutilmaydi. 4-5 dekabrda baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 4 dekabrda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 0-5° iliq; 5 dekabrda kechasi 3-8° sovuq, kunduzi 0-5° iliq; 6-7 dekabrda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 3-8° iliq boʻladi.
Buxoro va Navoiyda
Havo oʻzgarib turadi, 4-5 dekabrda baʼzi joylarda biroz yomgʻir yogʻadi. 6-7 dekabrda yogʻingarchilik kutilmaydi. 4-5 dekabrda baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 4 dekabrda kechasi 3-8° iliq, kunduzi 10-15° iliq; 5 dekabrda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 5-10° iliq; 6-7 dekabrda kechasi 0-5° iliq, baʼzi joylarda 2° sovuqgacha, kunduzi 10-15° iliq boʻladi.
Toshkent va Sirdaryoda
Havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. 4-5 dekabrda baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 4 dekabrda kechasi 2-7° iliq, kunduzi 9-14° iliq; 5 dekabrda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 5-10° iliq; 6-7 dekabrda kechasi 0-5° iliq, baʼzi joylarda 2° sovuqgacha, kunduzi 7-12° iliq boʻladi.
Samarqanda va Jizzaxda
Havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi, faqat 5 dekabrda baʼzi joylarda biroz yomgʻir yogʻishi mumkin. 4-5 dekabrda baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 4 dekabrda kechasi 2-7° iliq, kunduzi 9-14° iliq;
5 dekabrda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 5-10° iliq; 6-7 dekabrda kechasi 0-5° iliq, baʼzi joylarda 2° sovuqgacha, kunduzi 7-12° iliq boʻladi.
Qashqadaryo va Surxondaryoda
Havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi, faqat 5 dekabrda baʼzi joylarda biroz yomgʻir yogʻishi mumkin. 4-5 dekabrda baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 4 dekabrda kechasi 5-10° iliq, kunduzi 10-15° iliq; 5 dekabrda kechasi 3-8° iliq, kunduzi 8-13° iliq; 6-7 dekabrda kechasi 1-6° iliq, kunduzi 13-18° iliq boʻladi.
Andijon, Namangan va Fargʻonada
Havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. 4-5 dekabrda baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 4 dekabrda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 13-18° iliq; 5 dekabrda kechasi 2-7° iliq, kunduzi 10-15° iliq; 6-7 dekabrda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 8-13° iliq boʻladi.
Togʻli hududlarda
Havo oʻzgarib turadi, 4-6 dekabrda baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻlishi mumkin. 7 dekabrda yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tumuan tushishi mumkin. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 4 dekabrda kechasi 2-7° iliq, kunduzi 5-10° iliq; 5-7 dekabrda kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 2-7° iliq boʻladi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala