Jamiyat

Janubiy Koreyada Oʻzbekiston fuqarosida "omikron" shtammi aniqlandi

© AFP / LIONEL BONAVENTUREOmikron-shtamm koronavirusa
Omikron-shtamm koronavirusa - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 03.12.2021
Kasallik aniqlanmasidan bir kun oldin Oʻzbekiston fuqarosi ichida 400 kishi boʻlgan diniy muassasaga tashrif buyurgan.
TOSHKENT, 3 dek — Sputnik. Janubiy Koreyada ishlayotgan Oʻzbekiston fuqarosida koronavirusning yangi "omikron" shtammi aniqlandi, deb xabar qilmoqda mahalliy The Korea times nashri.
Maʼlum boʻlishicha, Oʻzbekiston fuqarosi aeroportda Nigeriyadan kelgan oilani kutib olib, ularni uyiga olib borib qoʻygan. 29 noyabr kuni ularning uchchovida ham COVID-19 ning "omikron" shtammi aniqlangan
Koreya hukumati xabariga koʻra, Nigeriyadan kelgan 2 nafar fuqaro va Oʻzbekiston fuqarosi oʻtgan vaqt ichida 270 kishi bilan kontaktda boʻlgan. Oʻzbekiston fuqarosi kasallik aniqlanmasidan bir kun oldin ichida 400 kishi boʻlgan diniy muassasaga tashrif buyurgan. Ushbu munosabat bilan hukumat muassasada boʻlgan barcha fuqarolarga tibbiy koʻrikdan oʻtishni tavsiya bergan.
Eslatib oʻtamiz, Janubiy Koreyada "omikron" shtammi ilk bor dekabr oyiing boshida aniqlangan edi. Undan soʻng Hindistonda ham aniqlangan. Bugungi kunda "omikron" shtammi aniqlangan davlatlar soni 30 dan oshgan.
JSST maʼlumotiga koʻra, yangi shtamm juda koʻp mutatsiya qilishga qodir va shu sababli uning yuqumlilik darajasi yuqori. Undan tashqari mutatsiyalar natijasida omikron-shtamm emlangan va antitanachalari mavjud boʻlgan fuqarolarga ham yuqorishi mumkin.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala