Kolumnistlar

NATO “Rossiya rejimi” bilan Estoniyada tank jangiga kirishdi

© Foto : eur.army.milAmerikanskiye tanki M1A2 Abrams v Yevrope.
Amerikanskiye tanki M1A2 Abrams v Yevrope. - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 03.12.2021
Belarus prezidentining ittifoqdosh respublika hududida Rossiya raketalari joylashtirilishi mumkinligi haqidagi xabaridan soʻng NATO bosh kotibi Sharqiy Yevropada raketa joylashtirish haqidagi gaplarini darhol unutdi.
NATOning Rossiyaga qarshi agressiv ritorikasi kundan-kunga kuchayib bormoqda. Alyans tashqi ishlar vazirlarining shu hafta Rigada yigʻilgan sammiti chogʻida, baʼzan, ularning oʻzi bizga qarshi urush eʼlon qilmoqchi boʻlgandek tuyulardi. Vaziyat shu darajaga yetdiki, NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg, ehtimol, birinchi marta davlat hokimiyatiga nisbatan “Rossiya rejimi” atamasini ishlatdi.

Tankli tomosha

Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri Liz Trassning Estoniyaning Rossiya chegarasiga yaqin joylashgan hududida tank ustida paydo boʻlishi - ushbu ommaviy jazavaning maʼnaviy choʻqqisi boʻldi. U oʻzining ushbu jangovar koʻrinishi bilan Rossiyaning “tajovuzkor niyatlari"ga qarshilik koʻrsatishga tayyorligini bildirmoqchi ekanligini yashirmadi.
Uning oʻq bronejileti va dubulgʻasi "Rossiya tahdidi"ning jiddiyligini namoyish qilishi kerak edi: aftidan, Britaniya vazirini u “Yevropa-Rossiya frontining” old chizigʻida ekaniga va har damda uning boshi ustidan oʻqlab uchib oʻtishi mumkinligiga ishontirishgan.
Keling, bir lahzaga tasavvur qilib koʻraylik, agar Sergey Lavrov istalgan davlat chegaralari yaqinida xuddi shunday jangovar libosda tank ustida paydo boʻlsa, Gʻarb ommaviy axborot vositalarida nimalar boshlanar edi? Bunday koʻrinishni tasavvur qilish haqiqatan ham qiyin, chunki bizda "diplomatiya" soʻzi hali ham klassik maʼnoda talqin qilinmoqda.
Trassning xatti-harakati esa – yaqinda Lavrov "nomaqbul diplomatiya" deb nomlagan “Gʻarb siyosati fenomeni”ning koʻrinishi boʻlsa ajab emas. Bunday provokatsion harakatlar uchun aniqroq atama topish qiyin.
Aslida, biz ushbu haftada Rigada kuzatgan hodisani "nomaqbul diplomatiya"ning ommaviy namoyishi deb atash mumkin va bu mubolagʻa boʻlmaydi. Shimoliy Atlantika ittifoqi mamlakatlari tashqi ishlar idoralari rahbarlari Rossiyaga qarshi eng tajovuzkor ritorikada goʻyoki oʻzaro raqobatlashayotganga oʻxshardi. Darvoqe, ushbu shunchaki kundalik tadbirni yoritishda, Gʻarb OAVlari qachon bunchalik jonbozlik koʻrsatganini esla olish murakkab.
Haqiqatan ham, NATOning ushbu sammiti oldidan “Rossiyaning Ukrainaga qishgi hujumi” mavzusida vahima qoʻzgʻash uchun ulkan kampaniya boʻlib oʻtdi. Garchi Ukrainaning oʻzi bunday bosimdan dovdirab qolgan boʻlsa ham, nimadir notoʻgʻri ekanligini his qildi va bu soxtalikni rad etishga harakat qildi, hatto Rossiyani uni tarqatishda aybladi. Ukrainaning gʻarbiy "sheriklari" esa “koʻrinmas tahdidning”jiddiyligiga qatʼiy ishontirishga harakat qilishdi. "Qoʻrquvning koʻzi katta boʻladi" iborasi oxir-oqibat Germaniya DW nashri maqoolasida ayon boʻldi. Ular Ukraina chegaralasida "115 million rossiyalik harbiylari " toʻplangani haqidagi xabariga aylandi. Albatta bu shunchaki xato raqam, lekin u Gʻarbda Rossiyaga qarshi tahlika darajasi naqadar yuqori darjasida dalolat beradi.

Bosh rolda - Stoltenberg

Rossiyaning Ukraina chegarasi yaqinida “qoʻshin toʻplaganini” ushbu sammila soʻzga chiqqan rahbarlarning barchasi esga oldi. Stoltenberg ayniqsa katta jonbozlik koʻrsatdi. Lavrov aytganidek NATO ayni damda Gʻarbning bosh rol ijrochisi, yaʼni bosh oratori degan edi.
Rossyai TIV rahbari Stoltenberg Norvegiya Bosh vaziri sifatida aqli raso siyosatchi sifatida oʻzini namoyish etgan edi boʻlganini eslab, afsus bilan “unga nimadir boʻldi yoki uni tajovuzkor boʻlishga majbur qilishmoqda", - degan edi.
Stoltenbergning yaqinda eʼlon qilgan "Germaniyadan sharqiy hududlarda ham" yadroviy raketalarni joylashtirish ehtimoli borligi haqidagi bayonoti buning yaqqol tasdigʻidir. Aytish joizki, NATO rahbarining ushbu bayonoti har qanday "qizil chiziqlar" va hatto xalqaro shartnomalarni ham buzadi. Lekin dunyoning asosiy ommaviy axborot vositalari buni qandaydir “sezmay qolishdi”. Faqat rossiyalik diplomatlar bunday yondashuvni qabul qilib boʻlmasligini qayd etishdi xolos.
Lekin Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenkoning bayonotiga Gʻarb OAVlari darhol javob qaytarishdi. Belarus prezidenti oʻz mamlakatida Rossiya raketalari joylashtirililishi mumkinligini Dmitriy Kiselev bilan suhbatda aytib oʻtgan edi. Stoltenberg toʻsatdan oʻzining "Germaniya sharqida" raketalar joylashtirish haqidagi soʻzlarini "unutdi" va Lukashenkoning "tahdidlari" ga javoban, NATOning bunday qurollar koʻp yillar davomida boʻlgan mamlakatlardan boshqa hududda "hech qanday yadro qurolini joylashtirish” haqida rejalarii yoʻqligini maʼlum qildi. Eʼtibor bering bir kishining mutlaq ikki xil qarama qarshi bayonotlari orasida atigi 12 kun vaqt oʻtdi! NATO rahbarining bunday ikki xil bayonotiga birorta ham gʻarbiy jurnalist eʼtiborini qaratmadi.
Biroq, doʻstona tarzda, Gʻarb ham bu alomatlardan xavotirda boʻlishi kerak. Axir, eng qudratli harbiy blok rahbarining bayonotlaridagi bunday ochiq-oydin qarama-qarshiliklar tuzatib boʻlmaydigan oqibatlarga olib kelishi mumkin. Ha, NATO Bosh kotibining vakolatlari nihoyatda cheklangan, bu lavozim aslida "marosim" miыyosida boʻlib qolgan. Ammo, oxir-oqibat, uning qoʻmondonligi ostida maʼlum bir harbiy infratuzilma ham mavjud. Ustiga ustak tank mingan vazirlar boshqa joyga oʻtib ketishi mumkin.
Shuningdek ayrim “aspirantlar” ham NATO bosh kotibi koʻziga qarab, uning har qanday ishorasini kutib turishibdi. Axir ular bosh kotibning har qanday ishorasini notoʻgʻri qabul qilishlari va bir talay xato ishlarni qilib qoʻyishlari mumkin. 2008 yilda Gruziya prezidenti Saakashvili ham NATO va AQShning xabarini ana shunday notoʻgʻri talqin qilgan edi.

Eslab qoling: NATO Ukrainani himoya qilmaydi

Stoltenberg oʻta "unutuvchan" boʻlishiga qaramasdan, Ukrainadagi vaziyatni Gruziya stsenariysiga keltirish Kiyev uchun ham, Vashington uchun ham noxush oqibatlarga olib kelishini yaxshi tushunadi. Shu sababli, bosh kotib besh kun ichida uch marta Kiyevga bir xil signalni takror va takror joʻnatdi: NATOning Ukraina oldida uni tashqi hujumdan himoya qilish majburiyati yoʻq. Bu ukrainalik siyosatchilarning militaristik his-tuygʻularini biroz qamal qildi. Shu bilan birga, Britaniyaning Kiyevdagi elchisi Melinda Simmons Britaniyaning “Mirror” gazetasining "Rossiya bilan urush boshlangan taqdirda" London Ukrainaga 600 ta maxsus kuchlarini yuborish rejasi borligi haqidagi soxta maʼlumotlarini rad etdi. Ammo Kiyevda ular bu "yangilik"larni bir necha bor quvonch bilan eʼlon qilishga ulgurdi.
Stoltenberg Rigada yana bir bor “Ukraina va Gruziyaning NATOga kirishi masalasi”ga izoh berdi Shu bilan birga, Stoltenberg Ukraina va Gruziyaning NATOga qoʻshilish ehtimoli haqida doimo takrorlashda davom etmoqda. Va u yana bir bor Rossiya bu boradagi qarorlarga "veto qoʻyish huquqiga ega emas"deb takrorladi. Demak, NATO bizdan doimiy asnoda harbiy infratuzilmamizni chegaradan olib tashlashni talab qilganda - bu “ularning” ishi, lekin Moskva NATO infratuzilmasini Rossiya chegaralariga yaqinlashtirmaslik talablarini qoʻyganida, bu “bizga tegishli emasligi” maʼlum boʻldi.
Rigada Stoltenberg "Rossiya oʻz taʼsir doiralarini oʻrnatishga haqli emas"deya qatʼiy eʼlon qildi. Negadir Vashington “Monro doktrinasi”ni butun Janubiy Amerika uning “taʼsir zonasi” deb daʼvo qilganda, Shimoliy Atlantika alyansi bunga qarshi emasdi. Yaqinda Sergey Lavrov Yevropa Ittifoqi tashqi ishlar vazirligi rahbari Xosep Borrelning “siz uzoqdasiz, bu esa bizniki” degan tamoyildan kelib chiqib Afrika Yevropaning “taʼsir doirasi” ekanligini eʼlon qilganda ham - Stoltenberg tomonidan hech qanday norozilik kuzatilmadi. Bundan xulosa qilishimiz mumkinki: Alyans bosh kotibi bu dunyoda faqat Rossiya oʻz manfaatlari va taʼsir zonalariga huquqiga ega emas, deb hisoblaydi. Ayni paytda, Moskva Ukrainaning NATOga kirishi va bu blokning harbiy infratuzilmasining bizning chegaralarga yaqinlashishi "qizil chiziq" ekanligini, undan tashqariga kirishga ruxsat bermasligimizni bir necha bor va izchil taʼkidladi. Vaholanki bu yerda gap Gʻarb va Ukraina oʻrtasidagi munosabatlarda emas, balki Rossiyaning oʻz xavfsizligi haqida ketmoqda.

Aniq muzokaralar va yozma shartnoma

Shu haftadaVladimir Putin Gʻarbga “NATOning sharqqa qarab siljishi va Rossiya hududi yaqinida bizga tahdid soluvchi qurol tizimlarini joylashtirishni istisno qiladigan aniq kelishuvlarni ishlab chiqish” uchun “aniq muzokaralar” boshlashni taklif qildi. Shu bilan birga, Alyansning ogʻzaki vaʼdalari endi bizni qoniqtirmaydi: bir vaqtlar Mixail Gorbachev va Boris Yeltsinga berilgan shu kabi "kafolatlarni" hammaning esida. Agar biz Blok bosh kotibi bir necha kundan keyin yadroviy raketalar haqidagi oʻz soʻzlarini unutib qoʻyganini koʻrsak, NATOning qanday kafolatlari haqida gapirish mumkin?
Shuning uchun, endi Moskva qonuniy kuchga ega shartnomalarni talab qiladi, sinchkovlik bilan "qizil chiziqlar" tortadi va agar kerak boʻlsa, ular buzilgan taqdirda qattiq simmetrik javoblarga beradi. Ha, hozirda jamoaviy Gʻarb, ular oʻrtasida hukmron boʻlgan Rossiyaga qarshi vasvasa sharoitida konstruktiv muloqotga qodir emas.
Shunga qaramay, Lukashenko bilan boʻlgan bir intervyu Stoltenbergning Polsha yoki Boltiqboʻyi davlatlarida yadroviy raketalarni joylashtirish gʻoyasiga munosabatini oʻzgartirishga muvaffaq boʻldi. Ammo milliy manfaatlarimizga tahdid yanada kuchaysa, Rossiya bundan ham uzoqqa borishi mumkin. Axir bizning boshqa qitʼalarda ham ittifoqchilarimiz bor. Va NATO uchun Nikaragua, Venesuela yoki Kuba prezidentlarining ana xuddi shunday hayajonli intervyularini kutmagan afzaldir.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala