Jamiyat

Oʻzbekiston YEOIIga aʼzo boʻlsa, migrantlar qanday imtiyozlarga ega boʻladi – roʻyxat

© Sputnik / Ilya Pitalev / Fotobankka oʻtishRabochiy na stroitelnoy ploщadke
Rabochiy na stroitelnoy ploщadke - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 03.12.2021
Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi Mehnat migratsiyasi va aholini ijtimoiy muhofaza qilish departamenti direktori Oltinay Omurbekova Oʻzbekiston YEOIIga qoʻshilsa, respublikadan kelgan migrantlar qanday imtiyozlarga ega boʻlishi haqida aytdi.
TOSHKENT, 3 dek — Sputnik. Yangi hujjatlar qabul qilingandan keyin Rossiyadagi mehnat migrantlari hayotida nima oʻzgaradi. Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasining (YEIK) Mehnat migratsiyasi va aholini ijtimoiy muhofaza qilish departamenti direktori Oltinay Omurbekova Oʻzbekiston YEOIIga qoʻshilsa, respublikadan kelgan migrantlar qanday imtiyozlarga ega boʻlishi haqida aytdi.
Djamshid Kuchkarov na Vtorom Yevraziyskom kongresse - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 02.12.2021
Iqtisod
Oʻzbekiston va YEOII: Qoʻchqorov hamkorlikning eng ustuvor yoʻnalishlari haqida
Uning soʻzlariga koʻra, fuqarolar YEOIIga aʼzo boʻlgan "beshlik"dan tashrif buyuruvchilarga tegishli boʻlgan barcha imtiyozlarga ega boʻlishadi.
Omurbekova ulardan eng muhimlarini sanab berdi:
Milliy mehnat bozorini himoya qilish boʻyicha kvotalar boʻlmasligi, Rossiyada ish beruvchi chet el fuqarolarini kvota boʻyicha ishlashga jalb qilish uchun ruxsatnoma olish tartibi joriy etilgan.
Taʼlim olganlik haqida hujjatlari avtomatik ravishda tan olinadi, 4ta mutaxassislikdan tashqari - farmatsevtika, tibbiyot, yuridik va pedagogika. Oxirgi ikkitasi boʻyicha oʻzgartirishlar YEOII toʻgʻrisidagi bitimga qoʻshichalar kiritish toʻgʻrisida hujjat tayyorlandi. Ehtimol, ular yil oxirigacha qabul qilinadi.
Mehnat qobiliyatini yoʻqotish holatida majburiy sugʻurta. Ishchilar qabul qiluvchi davlat fuqarolari kabi barcha ijtimoiy himoya xizmatlaridan, jumladan, migrantlar va ularning oila aʼzolariga bepul shoshilinch tibbiy yordam koʻrsatishdan foydalanish imkoniyatiga ega boʻladi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala