Jamiyat

Qishloq xoʻjaligi sohasida vazni 100 kilogacha boʻlgan dronlardan foydalanishga ruxsat beriladi

Dron v polete - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 03.12.2021
Vazirlar Mahkamasi tegishli farmonni qabul qildi. “Davlat va fuqaro aviatsiyasida uchuvchisiz uchish moslamalaridan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizom” talablari oʻzgartirildi.
TOSHKENT, 3 dek – Sputnik. Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi sohasida ogʻirligi 100 kilogacha boʻlgan dronlardan foydalanishga ruxsat berildi. Vazirlar Mahkamasining tegishli farmoni qabul qilindi, deb xabar qildi Norma.uz.
Bespilotnik - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 07.11.2021
Analitika
Dronlar yordam berishadi: Toshkentda Markaziy Osiyo FVV rahbarlari nimalarni muhokama qilishdi
Taʼkidlanishicha, respublika davlat va fuqaro aviatsiyasida uchuvchisiz uchish moslamalaridan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizom talablari oʻzgargan. Xususan, uchish moslamalarining vazni 25 kgdan ogʻir boʻlmasligi kerak. Qishloq xoʻjaligi faoliyati uchun moʻljallangan dronlar bundan mustasno. Bunday dronlar uchish uchun maksimal ruxsat etilgan ogʻirlik 100 kg.
Shu yil fevral oyidan Oʻzbekistonda qishloq xoʻjaligida yerlarni nazorat qilish va ekinlarni monitoring qilish uchun dronlardan foydalanish boshlangan edi. Davlat rahbari Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan ushbu chora ilk bor Jizzax viloyatida amalga oshirildi. “Jizzax Organic” kompaniyasi Oʻzbekiston fuqaro aviatsiyasi agentligidan uchuvchisiz uchish apparatlarini boshqarishga ruxsat oldi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala