Iqtisod

"Gazpromneft" Oʻzbekistonga AI-92 benzini ishlab chiqarish texnologiyasini beradi

© Sputnik / Mariya DevaxinaAvtozapravochnaya stantsiya "Gazpromneft" v Moskve
Avtozapravochnaya stantsiya Gazpromneft v Moskve - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 03.12.2021
Noyabr oxirida Oʻzbekistonda AI-80 benzini narxi keskin oshgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Monopoliyaga qarshi qoʻmita tekshiruvidan soʻng narxlar yana pastlay boshladi.
TOSHKENT, 3 dek — Sputnik. Rossiyaning "Gazpromneft" kompaniyasi Buxoro neftni qayta ishlash zaovdida AI-80 oʻrniga AI-92 navli benzinni sanoat miqyosida ishlab chiqarish texnologiyasini berishi mumkin, deb maʼlum qilmoqda "Oʻzbekneftgaz".
Toshkentda boʻlib oʻtgan muzokaralar doirasida “Gazpromneft-Promыshlennыe Innovatsii” kompaniyasi yangi innovatsion “Aroforming” texnologiyasini taqdim etdi. Ushbu texnologiyaning vazifasi - yengil benzin fraktsiyalarini maxsus katalizator yordamida metanol bilan taʼsir ettirish yoʻli orqali yuqori oktanli avtobenzin mahsulotlarini ishlab chiqarishdan iborat.
Taklif etilayotgan texnologiyani kelgusida Buxoro neftni qayta ishlash zavodida tadbiq etish, u yerda ishlab chiqarilayotgan “AI-80” avtobenzin yonilgʻisidan toʻliq voz kechish, hamda yuqori oktan sonli avtobenzin yonilgʻilarini ishlab chiqarish imkonini beradi, - deyilgan xabarda.
Tomonlar, yillik qayta ishlash quvvati 20,0 ming tonna boʻlgan “Aroforming” texnologik qurilmani Buxoro zavodida tadbiq qilish uchun, “Gazpromneft-Promыshlennыe Innovatsii” kompaniyasining ilmiy markazida kerakli tadqiqotlarni oʻtkazish, tegishli texnologik maʼlumotlar bilan almashish, loyihaning texnik-iqtisodiy asoslarini koʻrib chiqishga kelishib olishdi.
Maʼlumot uchun, ushbu muzokaralar Toshkentda boʻlib oʻtgan “Markaziy Osiyo neft kimyosi va neftni qayta ishlash 2021” 8–xalqaro konferentsiyasi doirasida amalga oshirildi. Anjumanda jami 23 ta davlatning gaz-kimyo va neft-kimyo sohalaridagi istiqbolli loyihalar va ularni amalga oshirish boʻyicha nomdor kompaniyalari mutaxassislari ishtirok etishdi.
"Gazpromneft" Rossiyaning eng yirik 3ta neft kompaniyalaridan biridir. "Gazpromneft" 2020 yilda 96,1 mln.tonna neft ekvivalentiga teng uglevodorodlar qazib olgan 40,4 mln. tonna neftni qayta ishlagan. Kompaniya Rossiyaning eng innovatsion neft kompaniyasi hisoblanadi. "Gazpromneft" Arktikada neft qazib olishni boshlagan birinchi Rossiya kompaniyasidir. Kompaniya xodimlari soni 83 ming. rыx zapravkax vmeste s tem nachal nablyudatsya defitsit
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala