Video

Toshkentda Moskva yaqinidagi jang xotirasiga bagʻishlangan tadbir boʻlib oʻtdi - video

Oʻzbekiston va Rossiyani umumiy tarix birlashtirib turadi, uni unutmaslik kerak, deydi tadbir ishtirokchilari.
5 dekabr kuni Moskva yaqinida Sovet armiyasining fashistlarga qarshi hujum boshlaganiga 80 yil toʻladi. Bu jang Ikkinchi jahon urushining yirik janglaridan biri boʻlib, 1941 yil 30 sentyabridan 1943 yil 20 apreliga qadar - deyarli yetti oy Moskvani himoya qilishgan.
Toshkent shahrida “Birodarlik qabristoni” memorial kompleksida bu voqeaning xotirasiga bagʻishlangan tadbir boʻlib oʻtdi, Mangu olovga gulchambar qoʻyish marosimi oʻtkazildi. Tadbir tashkilotchilari taʼkidlanishicha, aynan Moskva yaqinidagi janglarda gitler armiyasi ilk bor jiddiy talofatga uchradi va chekinishni boshlaganini taʼkidlashdi. Tadbirda ishtirok etgan Rossiya Federatsiyasi elchisi Oleg Malginov bu tarixiy hodisaning ahamiyati va Gʻalaba uchun oʻz jonini fido qilgan qahramonlarning xotirasini qadrlashga chorladi.
“Yuz minglab askar Moskva yaqinidagi jang maydonlarida halok boʻldi. Ularning xotirasini qadrlash, doimo yodda saqlash lozim”- deydi Malginov.
Tadbirda, shuningdek, Ozarbayjonning Oʻzbekistondagi elchisi Guseyn Guliyev, Toshkentdagi Rus fan va madaniyat markazi rahbari Mixail Vojdayev, Ikkinchi Jahon urushi qatnashchilari, madaniy markazlar vakillari, kadetlar, Gʻalaba volontyorlari hamda jamoatchilik faollari ishtirok etdi.
Hozirgi kunda respublikada mingga yaqin urush qatnashchilari va 40 mingdan ortiq mehnat fronti ishchilari istiqomat qilmoqda. Ikkinchi Jahon urushida Oʻzbekistondan 1,4 milliondan ortiq odam ishtirok etgan – ulardan 400 mingdan ortigʻi halok boʻlgan, 130 mingdan ortigʻi bedarak yoʻqolgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala