Jamiyat

AIS prezidenti: Oʻzbekistonlik talabalar – Rossiyada eng faollardan biri

© TGPUVishal Sharma prezident AIS Rossii
Vishal Sharma prezident AIS Rossii - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 04.12.2021
Bugungi kunda Rossiya OAVlari va ularning filiallarida 43 mingga yaqin Oʻzbekiston fuqarolari tahsil olmoqda.
TOSHKENT, 4 dek - Sputnik. Oʻzbekistonlik yoshlar Rossiya talabalar jamoasini rivojlantirishda faol ishtirok etmoqda.
Bu haqida Sputnik muxbiriga “Bizni Rossiya doʻstlashtirdi” forumi doirasida Xorijiy talabalar assotsiatsiyasi (AIS) prezidenti Vishal Sharma hikoya qilib berdi. Rossiya fan va oliy taʼlim vazirligi tomonidan tashkil qilingan Forum Kaluga viloyatida 1-3 dekabr kunlari boʻlib oʻtdi.
Sharma aytishiga koʻra, forumda 33 mamlakatdan 47 nafar delegat ishtirok etdi. Ulardan uch nafari oʻzbekistonlik talabalar edi.
“Rossiyada taʼlim olish yil sayin koʻproq oʻzbekistonlik talabalarni jalb qilmoqda, demak AIS ham rivojlanmoqda. Assotsiatsiya xorijdan kelgan talabalarga yangi muhitga tezroq moslashish uchun imkon yaratadi. Oʻzbekistonlik talabalar Assotsiatsiyaning eng faol talabalardan biri”, - deydi Sharma.
Rossiya Taʼlim vazirligi maʼlumotiga koʻra, bugungi kunda Rossiya OAVlari va ularning filiallarida 43 mingga yaqin Oʻzbekiston fuqarolari tahsil olmoqda.
“Rossiyada oʻzbekistonlik talabalar oʻqishdan tashqari ilmiy, madaniy va volontyorlik faoliyatlarida ham ishtirok etmoqda. Uzoq chet el mamalkatlaridan kelgan talabalarga rus tilini oʻrganishga yordam berishmoqda. Albatta, bunda oʻzbekistonlik talabalarga Rossiya bilan umumiy tarix va mentalitet yordam bermoqda”, - deb hisoblaydi Sharma.
Undan tashqari oʻzbekistonlik talabalar soʻnggi ikki yil davomida COVID-19ga qarshi oʻtkazilayotgan tadbirlarda jiddiy yordam koʻrsatishmoqda, deydi Rossiya Xalqlar doʻstligi universiteti Volontyorlik markazi boshligʻi Yevgeniya Ryaplova.
“Faqat bizning universitetda volontyorlar umumiy soni mingga yaqin va ulardan 30% - oʻzbekistonlik talabalar, deydi markaz boshligʻi. – Pandemiyaning eng boshidan beri talabalar ehtiyoji borlarga oziq-ovqat va kundalik ehtiyoj mollari sotib olishga yordam berib kelishmoqda”.
Bu yil Oʻzbekiston va Rossiya orasida Ikkinchi taʼlim forumi boʻlib oʻtdi. Uning doirasida 30 dan ortiq hamkorlik shartnomaldari imzolandi. Ushbu shartnomalar Oʻzbekistonda inson kapitalini rivojlantirish davlatlar orasida madaniy aloqalarni rivojlantirishga xizmat qiladi, deydi Vishal Sharma.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala