Jamiyat

"Dublyaj qiroli" Sanjar Saʼdullayev vafot etdi

Skonchalsya Sanjar Saʼdullayev - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 04.12.2021
Sanjar Saʼdullayev "Esmeralda", "Qish sonatasi", "Ishkomli uy", "Ichkarida" kabi seriallarining bosh qahramonlarga ovoz bergan.
TOSHKENT, 4 dek - Sputnik. Taniqli dublyaj aktyori, barchaga yaxshi tanish boʻlgan ovoz sohibi Sanjar Saʼdullayev vafot etdi, deb xabar qilmoqda. Oʻzbekiston Madaniyat vazirligining telegram kanali.
"Taniqli dublyaj aktyori, sohir ovoz sohibi, oʻzining shirali ovozi bilan kinomuxlislar mehrini qozongan, kamtarin va fidoyi ijodkor Sanjar Saʼdullayev 4 dekabr kuni 67 yoshda vafot etdi", - deyilgan xabarda. Madaniyat vazirligi aktyorning oila aʼzolariga chuqur hamdardlik bildirishini maʼlum qilgan.
Sanjar Saʼdullayev 1954 yil 10 iyul kuni Toshkent shahrida tavallud topgan. U Toshkent davlat teatr va sanʼat oliygohining "Drama va kino aktyori" boʻlimini tamomlagan. U dublyajdagi faoliyati davomida oʻziga xos dublyaj maktabini yaratib, yuzlab film va seriallarga ovoz bergan.
Sanjar Saʼdullayev "Esmeralda", "Qish sonatasi", "Ishkomli uy", "Ichkarida" seriallari "Devor", "Vira va Zara" "Ishq rishtasi" hind filmlarida bosh qahramonlarga ovoz bergan.
"Xolis fikr" telegram kanali yozishiga koʻra, Sanjar Saʼdullayev uzoq vaqt davomida "biror marta tomoshabinga koʻrinish bermagan, suratlari hech qayerda eʼlon qilinmagan. Intervyu olmoqchi boʻlgan jurnalistlarga esa rad javobini berib kelgan". Qoʻyida ushbu inson bilan ehtimol yagona intervyu bilan tanishishingiz mumkin.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala