Jamiyat

Miya faoliyatini yaxshilovchi eng yaxshi besh ichimlik

Kofe v chashke - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 04.12.2021
Kimyoviy tabletkalarsiz, faqat tabiiy ichimliklar yordamida miya faoliyatini yaxshilashi mumkinligi haqida Sputnik maqolasida tanishing.
TOSHKENT, 4 dek - Sputnik. Zamonaviy hayot tarzida inson miyasi orqali har kuni katta hajmdagi axborot oʻtadi. Uni normal oʻzlashtirish uchun yuqori kontsentratsiya va faol xotira talab qilinadi.
Ayrimlar hatto miya faoliyatini yaxshilash va mahsuldorlikni oshirish uchun koʻpchilik turli biologik faol qoʻshimchalar (BAD) va "aqlli" tabletkala isteʼmol qiladi.
Lekin qoʻyidagi oddiy tabiiy ichimliklar ham miya faoliyatini yaxshilaydi.

Qahva

Bugungi kunda kofe eng mashhur ichimliklardan biri hisoblanadi. Tarkibidagi kofein tufayli u miya samaradorligini oshiradi. Olimlar uzoq vaqtdan beri ushbu ingrediyent miyaning fikr jamlash va xotirani qobiliyati yaxshilashini aniqlashgan. Shuningdek, kofe Altsgeymer kasalligi xavfini kamaytiradi.
Faqat har bir kishi oʻz organizmi uchun qahvaning meyorini bilishi va beligangan miqdordan oshmasligi kerak. Kuniga toʻrt stakandan koʻp emas!

Koʻk choy

Koʻk choy tarkibida qahvaga qaraganda kamroq kofeinga ega boʻlsada, u ham diqqatni jam qilish va organizmni tetiklantiruvchi ichimlik hisoblanadi. Bir piyola koʻk choy miya faoliyatiga ijobiy taʼsir koʻrsatadi va turli kasalliklarga qarshi kurashadi.

Choy qoʻziqorini

Kombucha (kombucha) ham kam boʻlmagan qimmatli ichimlik hisoblanadi. U probiotiklar deb ataladigan foydali bakteriyalarni oʻz ichiga oladi. Shuningdek, ular miya faoliyatini yaxshilashga yordam beradi. Kombuchani oʻzingiz tayyorlashingiz yoki maxsus doʻkonlarda xarid qilishingiz mumkin.

Apelsin sharbati

Yangi siqilgan apelsin sharbatida miya uchun zarur boʻlgan juda koʻp S vitamini mavjud. Qon tarkibida ushbu vitamin miqdori yuqori boʻlgan odamlar maʼlumotni eslab qolishlari, shuningdek, chet tillarini yaxshi oʻrganishlari isbotlangan.

Kefir

Kefir, kambucha kabi, probiyotiklarga boy. Bu fermentlangan ichimlik miya faoliyatiga yordam beradi, shuningdek, inson tanasida muhim bakteriyalarning koʻpayishiga yordam beradi. Kefirni yoqtirmaydiganlar uni qoʻshimchalarsiz ichimlik yogurt bilan almashtirishlari mumkin. Uning tarkibida fermentlar ham bor.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala