Kolumnistlar

Rossiya Yevropaga temir-tersak bilan “zarba” berdi

© Sputnik / Vladimir VyatkinBarja s gruzom metalloma
Barja s gruzom metalloma - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 04.12.2021
Jahon bozorida qora metallomga talab keskin oshdi. Rossiya, ichki isteʼmolchilarni himoya qilish uchun ushbu xom-ashyo eksportini cheklashga harakat qilayotgan bir vaqtda Ukraina uning eksportini 15 baravarga oshirdi. Buning oqibati qanday boʻlishi mumkin?
TOSHKENT, 4 dek - Sputnik. Ushbu haftada Rossiya hukumati qora metal lomi uchun eksport poshlinasini tonnasiga 70 yevrodan 100 yevrogacha koʻtardi. Yangi stavka 2022 yilning 1 yanvaridan kuchga kiradi. Bojning bunday darajasi ushbu xom-ashyo turini Rossiyadan olib chiqishni deyarli taʼqiqlab qoʻyadi. RIA Novost maqolasiga asosan.
Qizigʻi shundaki, qora metallom eksportini cheklash gʻoyasi Rossiyada ham Yevropada ham bir vaqtda paydo boʻldi, lekin rossiyalik mulozimlar uzi tezroq qonunga aylantirishdi. Yevropada ham ana shunday qonun yaqin vaqt ichida qabul qilinishiga shubha qilmasa ham boʻladi. Sabab – qora metallomga jahon bozorida talab keskin oshgan va ushbu xom ashyo uchun kurash boshlanmoqda.

Foydalanilgan qora metall kimga zarur ?

WorldSteel xabariga koʻra 2020 yilda Yevropa metallurgiyasida elektr yordamida metall eritadigan zavodlar ulushi Turkiyada - 69%, YEIda— 42%, Rossiyada — 32% va Ukrainada — 5,5%ni tashkil qildi. Ularning 95% xom-ashyo sifatida foydalanilgan qora metalldan foydalanadi.
Maʼlumot uchun, metall eritishning boshqa uslublari uchun hom ashyo qanday boʻlishi katta ahamiyatga ega emas, lekin baribir kerak. Elektr yordamida metall eritganda 1 tonna poʻlat olish uchun 1,1 tonna qora metallom kerak boʻlsa, marten pechlari orqali poʻlat olganda 0,4, - 0,5 tonna, konverter yordamida – 0,2 – 0,25 tonna qora metallom kerak boʻladi.
Ikkinchidan, poʻlat ishlab chiqarishda qazilma xom ashyodan koʻra qora metalldan foydalangan afzalroq, chunki unga kamroq ishlov berish jarayonlaridan oʻtish kerak boʻladi.
Va uchinchidan, oʻtgan yil oxirida va ushbu yil boshida jahon bozorida temir rudasiga boʻlgan talab keskin oshib ketdi (3-4 baravar). Sababalardan biri – Braziliyada kovid tufayli qazib olishning keskin kamayishi boʻldi.
Toʻrtinchidan, umumjahon “karbon vasvasasi” ham bunga oʻz hissasini qoʻshdi. Yangi ruda qazib olgandan koʻra, mavjud metallomni qayta ishlash, albatta, SO2 chiqindilarini bir necha bor kamaytiradi va Yevropa va boshqa davlatlarda kiritilayotgan “uglerod soligʻi” — korxonalarni aynan shunday metallga oʻtishga iqtisodiy tomondan majburlaydi.

Ichki sabablar

Rossiya iqtisodiy rivojlanish vaziri Vladimir Ilichev ushbu vaziyatni quyidagicha baholadi.
“Ushbu chora birinchi navbatda ichki bozorni xom-ashyo bilan taʼminlashga va narxlar oshishini oldini olishga qaratilgan. Shu bilan birga lom eksportchilari va sohada ish oʻrinlarini saqlab qolishni ham nazarda tutadi”, - dedi vazir oʻrinbosari.
Rossiya ichki bozorida qora metall narxi tonnasiga 400 dollarni (29,5 ming rubl) tashkil qiladi. Yevropa va Rossiyaning eng yirik lom importyori Turkiya bozorida ushbu metall narxi 500 dollarga chiqdi. Bunday vaziyatda 100 yevrolik poshlina metallomni ichki isteʼmolchilarga yetkazib berish uchun xizmat qiladi.
Yevropa Ittifoqi boʻlsa, qora metallom eksportida boshqa yoʻl bilan bormoqda. Yevrokomissiya WSR nomli hujjat ishlab chiqqan. Dastlabki bosqichda ular qora metallni Yevropadan olib chiqishni butunlay taʼqiqlab qoʻyishmoqchi boʻlishdi, lekin keyinchalik faqat OESR davlatlariga olib chiqishni taʼqiqlashdi. Aniqrogʻi bir talay maʼmuriy toʻsiqlar oʻrnatishdi. Ushbu taʼqiq asosan Hindiston, Pokistan, Misr, Malayziya, Indoneziya, Xitoy va Rossiyaga taaluqli boʻladi.
Aytish joizki Rossiya 2020 yilda 4 milliontonnalom eksport qildi. Vaholanki eksport uchun 26,4 million tonna lom tayyorlab qoʻyilgan edi.

Ukraina hammadan birinchi

Umumjahon miqyosda qora metallom yaqqol defitsiti kuzatilayotgan bir vaqta Ukrainadan ushbu kamyob xom-ashyo eksporti 15 barobar (!) oʻsdi va 500 ming tonnani tashkil qildi. Ushbu metallning 90% Turkiyaga yetkazib berildi. Ukrainalik metallurglar buni cheklashni soʻrab oʻz hukumatlariga bir necha bor murojaat qilishlariga qaramasdan hukumat - jim.
Rossiya va YEKning soʻnggi qarorlari Turkiyani Ukrainadan yanada koʻproq qora metallom sotib olishga majburlaydi. Bu esa Ukrainani, qora metallar sanoatini mutlaq tanazzulga olib kelishi mumkin.
Yuqorida sanab oʻtilgan qator va jiddiy taʼsirga ega omillar tufayli jahonda qora metallurgiya bozori qayta taqsimlanish jarayoni boshlangan. Ukraina, oʻz rahbarlarining aqlsizligi tufayli, yangi tuzilayotgan qora metallurgiya bozorining birinchi qurboni boʻlishi mumkin. Birinchi, lekin oxirgisi emas.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala