Jamiyat

Parvozda tugʻilgan bolakayga Aeroflotning bir umrlik oltin kartasi sovgʻa qilinadi

© Sputnik / Vitaliy Timkiv / Fotobankka oʻtishSamolet Airbus A320 aviakompanii "Aeroflot"
Samolet Airbus A320 aviakompanii Aeroflot - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 04.12.2021
Sankt-Peterburg - Namangan parvozi vaqtida yoʻlovchilardan biri muddatidan oldin tugʻishni boshlaydi. "Aeroflot" styuardessalari chaqaloqni dunyoga keltirishga yordam berishadi.
TOSHKENT, 4 dek - Sputnik. Samolyotda tugʻilgan bolakayga "Aeroflot"ning bir umrlik oltin kartasi sovgʻa qilinadi. Bu haqida "Aeroflotovщina" telegram kanali xabar qilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, 26 noyabr tungi soat 01:32da Sankt-Peterburgdan Namanganga uchayotgan samolyot bortida yoʻlovchilardan biri muddatidan oldin tugʻishni boshlaydi. "Aeroflot" styuardessalari chaqaloqni dunyoga keltirishga yordam berishadi.

Ekipaj komandiri Nijniy Novgorod zahira aerodromga qoʻnishni soʻraydi. U yerda ona va bolani tez yordam kutib turgan edi.
Maʼlumot uchun, parvozda bunday holatlar boʻlib turadi. Aynan "Aeroflot" kompaniyasi parvozlarida ana shunday holat 2012 yilning 8 oktyabrida Simferopol - Moskva parvozida, 2005 yilning 14 sentyabrida Moskva - Los-Anjeles parvozida va 2001 yilning 6 martida Singapur - Moskva parvozida sodir boʻlgan edi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala