Siyosat

Shavkat Mirziyoyev Qozogʻistonga tashrifi oldidan bergan intervyusida nima dedi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev
Shavkat Mirziyoyev - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 04.12.2021
Oʻzbekiston va Qozogʻiston - tabiiy iqtisodiy hamkorlar. Bizning iqtisodlarimiz bir birini toʻldirib turadi - Mirziyoyev.
TOSHKENT, 4 dek — Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozogʻistonga 5-6 dekabr kunlari boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan tashrifi oldidan "Kazaxstanskaya pravda" gazetasiga katta intervyu berdi.
Unda Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekistn va Qozogʻistonni "tabiiy hamkorlar" deb atadi va ikki respublika orasida yil sayin savdo sotiq hajmi oʻsib borayotganini qayd etdi.
Shavkat Mirziyoyev, xususan yil boshidan buyon Oʻzbeikiston va Qozogʻiston orasida savdo-sotiq hajmi 40%ga oʻsganini va yil oxiriga qada iqtisodiy munosabatlar hajmi 4 milliard dollarga yetishi kutilayotganini maʼlum qildi.
"Bu ikki davlat munosabatlari orasidagi rekord natijadir, lekin hatto bu ham ham hali imkoniyatlarimiz chegarasi emas", - dedi Shavkat Mirziyoyev.
Oʻzbekiston prezidenti aytishiga koʻra Oʻzbekiston va Qozogʻiston orasidagi strategik hamkorlik soʻnggi yillarda katta amaliy mazmun bilan toʻlgan.
"Birgalikda mutlaq yangi ishonch va amaliy hamkorlik muhiti shakllanmoqda. Yillar davomida toʻplanib qolgan muammolar oʻz yechimini topmoqda", - dedi Oʻzbekiston prezidenti.
Oʻzbekiston va Qozogʻiston - tabiiy iqtisodiy hamkorlar. Bizning iqtisodlarimiz bir birini toʻldirib turadi. Respublikalarimiz orasida oʻzaro talabgir boʻlgan mahsulotlar turi va sonini koʻpaytirish boʻyicha ulkan imkoniyatlar bor, dedi Shavkat Mirziyoyev.
Eslatib oʻtamiz, Shavkat Mirziyoyev 5-6 dekabr kunlari Qozogʻistonga tashrif buyurishi rejalashtirilgan. Bu Oʻzbekiston prezidentining saylovdan keyingi ikkinchi rasmiy tashrifi boʻladi.
Birinchi rasmiy tashrif 19 noyabr kuni Moskvaga amalga oshirlgan edi. Unda Oʻzbekiston prezidenti Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan muzokaralar oʻtkazib oʻzaro savdo sotiq hajmi yil oxiriga qadar 7 milliard dollar boʻlishi kutilayotganini va Rossiya va Oʻzbekiston munosabatarida misli koʻrilmagan natija ekanini qayd etgan edi. Shuningdek Oʻzbekiston iqtisodiyotiga Rossiya tomonidan kiritlgan investitsiyalar miqdori 10 milliard dollardan oshib ketganini maʼlum qilgan edi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala