Video

Toshkentlik usta nogironlar uchun ish oʻrinlari tashkil qildi

Toshkentklik ikkinchi guruh nogironi boʻlgan usta boshqa nogironlar uchun ish oʻrinlari yaratgani haqida videolavhamizda tomosha qiling.
Toshkentlik Aleksandr Cheresov bir umrlik ikkinchi guruh nogironi. Lekin shunga qaramasdan u 25 yildan buyon oʻzining suyukli ishi - toʻqmiachilik mahsulotlari ishlab chiqish bilan shugʻullanadi.
Usta Aleksandr Cheresov ipdan bosh kiyim, odeyal, bolalar va karnaval kostyumlari toʻqiydi. Dastlab ushbu ish bilan uning bir oʻzi shugʻullanar edi, keyinchalik u davlatdan imtiyozli kredit olib boshqa nogironlarga ham ushbu kasbni oʻrgatdi.
Hozirgi kunda Cheresov korxonasida 10dan ortiq nogiron mutaxassislar ish bilan taʼminlangan. Cheresov aytishiga koʻra, ushbu ish bilan shugʻullanishdan uning asosiy maqsadi daromad olish emas.
"Ular aravachali nogironlar yoki koʻrish qobiliyati pastlar. Yaʼni ular biror joyga borishga qiynaladi, lekin qoʻli, boshi yaxshi ishlaydi. Biz materiallarni ularning uyiga olib borib beramiz.
Dastlab biz ularni oʻqitish va oʻrgatishga juda koʻp kuch sarfladik. Nogironlarga ham oʻrganish oson boʻlmadi, brak mahsulotlar boshida koʻp chiqdi. Lekin keyinchalik ular moslashib olishdi", - deb hikoya qiladi Aleksandr Sputnik muxbiriga.
"Bitta bosh kiyim misolida shuni aytishim mumkin-ki, uydan turib ishlayotganlar 50 ming oladi. Yaʼni ular bir oyda 60ta bosh kiyim toʻqisa, bu 3 million soʻm boʻladi. Toshkent uchun bu yomon pul emas", - deydi Aleksandr.
Uy sharoitida ishlayotgan nogironlar, nafaqat pul ishlab topadi, balkim pandemiya sharoitida oʻzlarini xavfsiz his qilishadi, - deydi Cheresov.
"Biz oʻz mahsulotimizni sotishdan olgan daromadning bir qismini uylarni taʼmirlash, nogironlar uchun kerakli mebel sotib olish va umuman ularning muammolarini hal qilish uchun sarflaymiz. Oʻzim ham nogiron boʻlganim uchun ularning muammolarini juda yaxshi tushunaman", - deydi usta.
Soʻnggi yillarda uning mahsulotiga nafaqat Oʻzbekistonda balkim Rossiyada ham talab ortib bormoqda. Ayniqsa xorazmcha uslubda toʻqilgan shapkalarga. Axir ular sunʼiy matodan boʻlgani uchun istalgan rangda boʻlishi mumkin.
Cheresovning kompaniyasi Yangi yil oldidan katta partiya tayyor mahsulotni eksportga tayyorlamoqda.
Ushbu insonparvar biznes haqida batafsil videolavhamizda tomosha qiling.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala