Rossiya

Vladimir Putin Hindistonga boradi

© Sputnik / Mixail Mettsel/TASS/POOLOfitsialnыy vizit prezidenta RF V. Putina v Indiyu. Den vtoroy
Ofitsialnыy vizit prezidenta RF V. Putina v Indiyu. Den vtoroy - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 04.12.2021
Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Hindiston bosh vaziri Narendra Modining uchrashuvi yakunida 10ga yaqin shartnomalar imzolanishi kutilmoqda.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin 6 dekabr kuni Hindistonga tashrif buyuradi. Bu haqida Rossiyaning Nyu-Delidagi elsichi Nikolay Kudashev xabar qildi.
"Vladimir Putin va Hindiston bosh vaziri Narendra Modining uchrashuvi yakunida keng koʻlamli muhim siyosiy ahamiyatga ega boʻlgan qoʻshma bayonoti eʼlon qilinadi", - dedi elchi jurnalistlarga.
Kudashev aytishig koʻra, ayni damda ushbu uchrashuvda imzolanishi rejalashtirilayotgan hujjatlar toʻplami tayyorlanmoqda. Ularning tarkibiga jumladan Rossiya va Hindistonning BMT doirasida hamkorligi, BMTni isloh qilish boraisdagi bayonotlari, xalqaro va hududiy mojarolarni hal qilish borasidagi bayonotlar kiritilgan.
Shuningdek Vladimir Putin va Narendra Modi koʻp qirrali dunyo, strategik barqarorlikni saqlab qolish, yangi xavf va chaqiriqlarga qarshi birgalikda ishlash hamda BRIKS, SHHT, RIK, G20 kabi tashkilotlar doirasida birgalikda ishlashmasalalari koʻrib chiqiladi, dedi elchi.
Eslatib oʻtamiz, Rossiya va Hindiston yetakchilari soʻnggi bor 2019 yilning noyabr oyida BRIKS sammiti doirasida uchrashuv oʻtkazishgan edi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala