Hodisalar

Andijon davlat universiteti 4-qavatidan tushib ketgan ayol haqida batafsil maʼlumot berildi

© Foto: Andijanskiy gosudarstvennыy universitetAndijanskiy gosudarstvennыy universitet
Andijanskiy gosudarstvennыy universitet - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 05.12.2021
Hozir universitetda qurilish ishlarini olib borayotgan korxona mansabdorlariga nisbatan jinoiy ish ochilgan.
TOSHKENT, 5 dek — Sputnik. Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon davlat universiteti binosining toʻrtinchi qavatidan yigʻilishga borgan ayol tushib ketganligi haqida xabarlar tarqaldi. Universitet maʼmuriyati bunga munosabat bildirdi.
Maʼlum qilinishicha, hodisa 4 dekabr kuni soat 14:00 atrofida roʻy bergan. Ijtimoiy-iqtisodiyot fakulteti talabalari ota-onalari uchun oʻtkazilgan majlisga kelgan talabalardan birining kelinoyisi ehtiyotsizlik oqibatida tushib ketgan. U majlisdan chiqib, telefonda suhbatlashmoqchi boʻlgan.
“Ayol telefonda suhbatlashish jarayonida qurilish boʻlayotgan hududni anglatuvchi belgi va toʻsuvchi tasmalarga ahamiyat bermasdan zinapoya tomonga yurgan va eʼtiborsizlik oqibatida tushib ketgan. Bunda qurilish-taʼmirlash ishlar olib borilayotgan hudud toʻliq berkitib qoʻyilmaganligi, toʻsiq lentalariga esa eʼtibor bermasligi ham sabab boʻlgan”, - deyilgan universitet xabarida.
Fuqaro respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazi viloyat filialiga olib borilgan va unga birinchi yordam koʻrsatilgan. Xabarda ayol homilador boʻlmagani taʼkidlangan.
Bosh prokuratura matbuot xizmatining maʼlum qilishicha, Andijon davlat universiteti binosidan yiqilgan ayol ogʻir tan jarohati olgan.
Olib borilgan tekshirish harakatlari davomida oliygoh binosida taʼmirlash ishlarini olib borayotgan “S.Haus” MCHJ ishchilari zinapoya toʻsiqlarini olib tashlab, ishlashayotganlari aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan “S.Haus” MCHJ mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining 257-moddasi (Mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala