Jamiyat

Rasmiy hujjatlarga apostil qoʻyish boʻyicha davlat xizmati koʻrsatish takomillashtiriladi

© RixabayVыpusknoy
Vыpusknoy - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 05.12.2021
1 martdan rasmiy hujjatga apostil qoʻyish, murojaat etuvchining oʻz xohishiga koʻra, anʼanaviy yoki elektron tarzda amalga oshiriladi.
TOSHKENT, 5 dek — Sputnik. Hukumat qarori bilan Rasmiy hujjatlarga apostil qoʻyish boʻyicha davlat xizmati koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti tasdiqlandi.
Maʼmuriy reglamentga koʻra, rasmiy hujjatga apostil qoʻyish, murojaat etuvchining oʻz xohishiga koʻra, anʼanaviy yoki elektron tarzda amalga oshiriladi.
Murojaat etuvchi davlat xizmati olish uchun DXMga oʻzi kelib yoki YAIDXPda roʻyxatdan oʻtgan holda elektron tarzda murojaat etadi.
Soʻrovnoma toʻldirilib, uni koʻrib chiqish uchun tegishlicha yigʻim undiriladi:
- taʼlim va fan sohasi tashkilotlaridan chiqadigan rasmiy hujjatlar boʻyicha – BHMning 20 foizi;
- adliya organlari va muassasalaridan hamda fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlaridan chiqadigan rasmiy hujjatlar boʻyicha – BHMning 20 foizi;
- boshqa hujjatlar boʻyicha – BHMning 10 foizi.
YAIDXP orqali murojaat etilganda, yigʻim summasining 90 foizi undiriladi.
Soʻrovnoma rasmiy hujjatlar taqdim etilgan kundan boshlab 2 ish kuni ichida koʻrib chiqiladi.
Chet elda Oʻzbekistonning diplomatik vakolatxonalari yoki konsullik muassasalari tomonidan sodir etilgan rasmiy hujjatlarga, tijorat yoki bojxona operatsiyalariga toʻgʻridan-toʻgʻri aloqador boʻlgan rasmiy hujjatlarga, Oʻzbekiston fuqarolik pasportiga, identifikatsiya ID-kartasiga, harbiy biletga apostil qoʻyilmaydi.
Rasmiy hujjatga apostil qoʻyish bilan bogʻliq barcha jarayonlar “E-App” va “E-register” dasturlaridan foydalangan holda amalga oshiriladi.
Shuningdek, quyidagi hollarda apostil qoʻyish rad etiladi:
rasmiy hujjatda zarur rekvizitlarning hech boʻlmaganda biri mavjud boʻlmasa yoki mansabdor shaxslarning imzolari hamda muhr, shtamplarning haqiqiy emasligi aniqlansa;
rasmiy hujjatni imzolagan mansabdor shaxs uni imzolash vakolatiga ega boʻlmasa.
Mazkur tartib 2022 yil 1 martdan amalga kiritiladi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala