Dunyoda

Turkiyada Erdogʻan ishtirokidagi mitingda teraktning oldi olindi

© AP Photo / Francisco SecoTurtsiya
Turtsiya - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 05.12.2021
Turkiyada prezident ishtirokidagi mitingda portlashi mumkin boʻlgan bomba zararsizlantirildi.
TOSHKENT, 5 dek — Sputnik. Turkiya xavfsizlik kuchlari xodimlari mamlakat prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻan ishtirokidagi mitingda portlashi mumkin boʻlgan bombani aniqlab zararsizlantirishdi, deb xabar bermoqda RIA Novosti.
Masofadan boshqariladigan portlovchi qurilma Turkiya janubi-sharqidagi Siirt shahrida portlashi mumkin boʻlgan.
Mamlakatning hukmron Adolat va taraqqiyot partiyasi rahbari oʻrinbosari Hamza Dagning soʻzlariga koʻra, bomba Mardinda ishlovchi politsiya xodimi avtomobilining ostiga oʻrnatilgan. Bombani politsiyachi Siirtga kelgan vaqtda portlatishni rejalashtirishgan.
“Ular mitingni buzishmoqchi boʻlishgan. Osuda muhitni barbod qilishga urinayotganlar bor”, - degan Hamza Dag mahalliy telekanallaridan biriga.
Qurilma mashinani koʻzdan kechirish paytda aniqlangan va uni sapyorlar zudlik bilan zararsizlantirishgan. Gumondorlar qidirilmoqda.
Turkiyada ham Erdogʻan tarafdorlari, ham unga qarshilarning mitinglari boʻlib oʻtmoqda. Miting mamlakat milliy valyutasi liraning keskin qadrsizlanishi ortidan boʻlib oʻtmoqda. Muxolifat prezident isteʼfosini talab qilmoqda.
Erdogʻan Siirtdagi mitingda chiqish qilayotib, uning mitingiga muxolifatnikiga qaraganda koʻproq kishi kelganini aytdi. U fuqarolarni milliy iqtisodiyotga boʻlgan ishonchini yoʻqotmaslikka chaqirib, vaziyatni tez orada izga solishga vaʼda berdi.
Turk lirasi yil boshidan buyon bir dollar uchun 7,4 liradan 13,9 liragacha qadrsizlandi. Mamlakat Markaziy bankining 18 noyabr kuni asosiy stavkani 16 foizga 15 foizgacha pasaytirish qarori Turkiya valyutasi kursining tushib ketishiga olib keldi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala