Hafta davomida kutilayotgan ob-havo haqida ma’lumot berildi

© Sputnik / Grigoriy Sisoyev / Mediabankka o‘tishOsennyaya pogoda
Osennyaya pogoda - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.12.2021
Obuna bo‘lish
Hafta oxirida kunlari Erondan iliq havo kirib kelishi kutilmoqda. Havo harorati kunduz kunlari +15...+17 darajagacha ko‘tariladi.
TOShKENT, 6 dek – Sputnik. Bugun, 6-dekabr, respublika hududi bo‘yicha quruq va o‘rtacha iliq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, havo harorati +9...+14 daraja iliq bo‘ladi, deb xabar qilmoqda O‘zgidromet.
7 va 8-dekabr kunlari Qozog‘iston hududi bo‘yicha nisbatan sovuq havo kirib keladi, bu faqat O‘zbekistonning harorat foniga ta’sir qiladi. Ushbu kunlarda harorat kechalari +0...+5 daraja iliq, kunduz kunlari +9...+14 daraja iliq atrofida saqlanib turadi.
9 va 10-dekabr kunlari Erondan iliq havo kirib kelishi kutilmoqda. Havo harorati kechalari +0...+5 daraja iliq, ba’zi joylarda -2 daraja sovuqqacha atrofida bo‘ladi. Kunduz kunlari +15...+17 daraja iliqqacha ko‘tariladi.
8 dekabrda shimoliy tumanlarda, 9-10 dekabrda O‘zbekistonning qolgan hududlarida shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Tuman tushishi mumkin.
Yangiliklar lentasi
0