Jamiyat

Toshkentning ikki tumanida issiqlik taʼminoti vaqtincha boʻlmaydi

Batareya - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 06.12.2021
Tarmoqlardagi avariya sabab Olmazor va Shayxontohur tumanlaridagi ayrim xonadonlar issiqlik taʼminotisiz qoladi.
TOSHKENT, 6 dek – Sputnik. Toshkent shahrining Olmazor va Shayxontohur tumanlaridagi ayrim hududlarda tarmoqlardagi avariya sabab issiqlik taʼminoti vaqtincha toʻxtatildi. Bu haqda "Toshissiqquvvati" xabar bermoqda.
6 dekabr soat 10:00 dan 17:00 gacha quyidagi manzillarda issiqlik taʼminoti boʻlmaydi:
Olmazor tumani:
Farobiy, Mirzo Gʻolib, Qamarniso, Shifokorlar, G.Karimov, Xoʻjayev koʻchalari;
ToshMI, Shifokorlar shaharchasi, OʻzMU, ToshPI, G-30, Olimpiya, Chimboy, Beshqoʻr-on-1,2,3,4, Muxbir, Qora qamish 2/4 mavzelari.
Shayxontohur tumani:
Farobiy koʻchasi;
Jarariq, Beltepa, Ibn Sino-1,2 mavzelarida.
Avariyani tiklash ishlariga 20 kishidan iborat avariya tiklash guruhi jalb etilgan. Issiqlik taʼminoti tez orada qayta tiklanishi taʼkidlangan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala