Dunyoda

AQSH rasmiylari Pekindagi Olimpiya oʻyinlariga borishmaydi: XOQ va Xitoy munosabati

© AP Photo / Mark SchiefelbeinEmblema zimnix olimpiyskix igr, kotorыe proydut v Pekine v 2022
Emblema zimnix olimpiyskix igr, kotorыe proydut v Pekine v 2022 - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 07.12.2021
Amerika rasman 2022 yilgi Pekin Olimpiadasiga diplomatik boykot eʼlon qildi.
TOSHKENT, 7 dek – Sputnik. AQSH “inson huquqlari buzilishi sabab” 2022 yilda Pekinda boʻlib oʻtadigan qishki Olimpiya oʻyinlariga diplomatik boykot eʼlon qildi. Bu haqda Oq uy matbuot kotibi Jen Psaki maʼlum qildi.
Oq uy vakilining taʼkidlashicha, ushbu qaror AQSH diplomatik va rasmiy shaxslari Olimpiadaga bormasliklarini anglatadi, biroq amerikalik sportchilar musobaqalarda ishtirok etishi mumkin.
“Bayden maʼmuriyati 2022 yilgi Pekin Olimpiadasi va Paralimpiadasiga diplomatlarni yoki rasmiy shaxslarni joʻnatmaydi” – dedi Psaki.
U Vashington bu qarori haqida ittifoqdoshlarini xabardor qilganini qoʻshimcha qildi, biroq ular Pekin Olimpiadasi boʻyicha oʻzlari bir qarorga kelishadi.

XOQ munosabati

Xalqaro olimpiya qoʻmitasi (XOQ) AQSH hukumatining qaroriga munosabat bildirdi.
“Hukumat vakillari va diplomatlarning ishtirok etishi bu har bir hukumatning shaxsiy siyosiy qarori va XOQ siyosiy neytral boʻlgani sababli bu qarorni hurmat qiladi. Shu bilan birga, AQShning diplomatik boykot eʼlon qilishi Olimpiada va unda sportchilarning ishtirok etishi siyosatdan tashqarida ekanini yaqqol bildiradi va biz buni qutlaymiz”, - deyilgan XOQ xabarida.

Xitoy AQShning xatti-harakatlariga qanday munosabat bildirdi

Xitoyning Vashingtondagi elchixonasi Qoʻshma Shtatlarning Pekin Olimpiadasini boykot qilish toʻgʻrisidagi qarorini siyosiy manipulyatsiya va Olimpiya kayfiyatini buzib talqin qilish deb atadi.
“AQSH siyosatchilariga hech qanday taklifnoma yuborilmagan, shu bois bu diplomatik boykot” shunchaki yoʻq joydan paydo boʻldi.... Bunday balandparvoz xatti-harakatlar – siyosiy manipulyatsiya va Olimpiya xartiyasining kayfiyatini jiddiy buzib notoʻgʻri talqin qilish”, - deyilgan elchixona bayonotida.
Eslatib oʻtamiz, XXIV qishki Olimpiya oʻyinlari Pekinda 2022 yilning 4-20 fevral kunlari boʻlib oʻtadi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala