Dunyoda

AQSH va Yevropa rubl almashtirishga cheklov kiritishi mumkin - OAV

© Sputnik / Vladimir Trefilov / Fotobankka oʻtishDenejnыe kupyurы
Denejnыe kupyurы - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 07.12.2021
Rossiya Ukraina hududiga bostirib kirgan taqdirda AQSH va Yevropa Ittifoqi rubli dollar, yevro va funtga almashtirishga cheklovlar kiritishi mumkin - Blumberg.
TOSHKENT, 7 dek — Sputnik. AQSH va Yevropa Ittifoqi Rossining eng yirik banklariga qarshi sanktsialar kiritishni rejalashtirmoqda, deb xabar qildi Bloomberg. RIA Novosti xabariga asosan.
Xususan rublni dollar, yevro va funtga almashtirishni cheklash mumkin. Cheklovlar Rossiya Ukraina hududiga bostirib kirgan taqdirda qoʻllanilishi mumkin, deb xabar qilmoqda bir necha Gʻarb OAVlari.
Bloomberg yozishiga koʻra, eng jiddiy cheklov chorasi sifatida Moskvani SWIFT xalqaro toʻlov tizimidan uzib qoʻyish ham koʻrib chiqilayotganini xabar qilgan. Lekin bunday chora "oddiy fuqarolarga koʻproq zarar keltiradi", deb yozadi nashr.
Xabarda aytilishiga koʻra, ushbu va boshqa mavzular AQSH prezidenti Jo Baydenning Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan 7 dekabr kuni boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan uchrashuvi doirasida muhokama qilinishi rejalashtirilgan.
Eslatib oʻtamiz, Ukraina va Gʻarb mamlkatlari Rossiya harbiy qoʻshinlarning mamlakat ichida harakatlari ularda bezovtalik uygʻotayotganini xabar qilgan edi. Bunga javoban Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov Rossiya oʻz qoʻshinlarini mamlakat ichida istalgan yoʻnalishda koʻchirishi mumkinligini va bu hech kimga xavf solmasligini maʼlum qilgan edi.
AQSH va NATO Qora dengizda oʻz harbiy kemalari sonini oshirib Ukraina va Gruziya bilan birgalikda Rossiya chegarasiga yaqin hududlarda turli manyovlar oʻtkazishga harakat qilshmoqda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala