Hodisalar

Denovdagi portlash oqibatida toʻqqiz kishi jarohatlandi - video

© UnsplashPojarnыy, illyustrativnoye foto
Pojarnыy, illyustrativnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 07.12.2021
Hodisa joyiga bosh vazirning birinchi oʻrinbosari Ochilboy Ramatov boshchiligidagi Hukumat komissiyasi safarbar etilgan.
TOSHKENT, 7 dek – Sputnik. Favqulodda vaziyatlar vazirligi Surxondaryo viloyati Denov shahridagi savdo majmuasida yuzaga kelgan chaqnash yuzasidan rasmiy maʼlumot berdi.
Vazirlik xabariga koʻra, hodisa 7 dekabr kuni soat 03:57 da shaharning Mustaqillik koʻchasidagi 2 qavatli “Indenim” savdo majmuasi roʻy bergan. Chaqnash natijasida savdo majmuasi binosi devorlari qulab tushgan.
Yongʻin-qutqaruv boʻlinmalari soat 04:02 voqea joyiga yetib borib, yongʻinni soat 04:25 da oʻchirgan.
Portlash oqibatida 9 nafar fuqaro tan jarohati olgan boʻlib, ular shahar shifoxonasiga yotqizilgan.
Hodisa joyiga Oʻzbekiston bosh vazirining birinchi oʻrinbosari Ochilboy Ramatov boshchiligidagi Hukumat komissiyasi safarbar etilgan.
Hukumat komissiyasi tarkibiga IIV, FVV, Milliy Gvardiya, Sogʻliqni saqlash vazirligi va boshqa idoralar vakillari kiritilgan.
Dastlabki tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala