Hodisalar

Denovdagi portlash qurbonlari soni ortdi

Pojar - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 07.12.2021
Denovdagi portlash oqibatida qulab tushgan savdo majmuasi vayronalari ostidan yana bir jasad topildi.
TOSHKENT, 7 dek – Sputnik. Surxondaryo viloyati Denov shahridagi portlashda halok boʻlganlar ikki nafarga yetdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi (FVV) matbuot xizmati xabar bermoqda.
Maʼlum qilinishicha, qidiruv-qutqaruv ishlari davomida ikkinchi halok boʻlgan fuqaro topilgan.
7 dekabr kuni soat 03:57 Denovdagi 2 qavatli “Indenim” savdo majmuasida chaqnash roʻy berdi. Buning oqibatida 9 nafar fuqaro tan jarohati olgan boʻlib, ular shahar shifoxonasiga yotqizilgan. Vayrona ostida olib borilgan qidiruv ishlarida bir nafar halok boʻlgan fuqaro aniqlangan.
Pojarnыy, illyustrativnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 07.12.2021
Hodisalar
Denovdagi portlash: vayronalar ostidan bir kishining jasadi topildi
Hodisa joyiga Oʻzbekiston bosh vazirining birinchi oʻrinbosari Ochilboy Ramatov boshchiligidagi Hukumat komissiyasi safarbar etilgan.
Hukumat komissiyasi tarkibiga IIV, FVV, Milliy Gvardiya, Sogʻliqni saqlash vazirligi va boshqa idoralar vakillari kiritilgan.
Dastlabki tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala