Migrantlar va biometrik ma’lumotlar: Tergov qo‘mitasi IIV taklifini qo‘llab-quvvatladi

© Sputnik / Vadim Jernov / Mediabankka o‘tishRabota skanera otpechatkov palsev
Rabota skanera otpechatkov palsev  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.12.2021
Obuna bo‘lish
Rossiya Tergov qo‘mitasi migrantlardan takroriy biometrik ma’lumotlarini olishni qo‘llab-quvvatladi.
TOShKENT, 7 dek — Sputnik. Rossiya Tergov qo‘mitasi IIVning migrantlar qayta daktiloskopiyadan o‘tishni joriy etish tashabbusini qo‘llab-quvvatladi. Bu haqda idoraning rasmiy vakili Svetlana Petrenko ma’lum qildi.
Taklifga ko‘ra, Rossiyaga uzoq muddatga kelib, keyinchalik tashqi ko‘rinishini o‘zgartirgan, tatuirovka qilgan yoki qo‘l-oyoqlarini yo‘qotgan migrantlar yana barmoq izlari va suratga olishdan o‘tishi kerak bo‘ladi.
Sbor biometricheskix dannix. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.12.2021
Rossiya IIV migrantlarni barmoq izlarini qayta topshirishga yuborishni taklif qildi
Petrenkoning so‘zlariga ko‘ra, bunday chora Rossiyadagi xorijliklar o‘rtasidagi jinoyatchilikni kamaytirish, shuningdek, tergov jarayonini tezlashtirishga yordam beradi.
Ta’kidlanishicha, 2021-yilda Rossiya Federatsiyasida migrantlar tomonidan sodir etilgan o‘g‘irlik, qotillik va boshqa noqonuniy harakatlar soni 2020-yilga nisbatan oshdi.
“Tergov qo‘mitasi raisi yaqinda aytib o‘tgan migrantlar tomonidan noqonuniy xatti-harakatlarning ko‘payishining salbiy tendensiyasi ta’sirchan chora-tadbirlar va qarorlar qabul qilishni talab qilmoqda”, - dedi Petrenko.
Eslatib o‘tamiz, 29-dekabrdan boshlab Rossiyaga 90 kundan ortiq muddatga kelgan migrantlar majburiy daktilaskopiyadan (barmoq izlari va suratga tushish) o‘tkaziladi.
Belarus fuqarolari, olti yosh to‘lmagan bolalar, diplomatlar va ularning oila a’zolari bu protseduralardan ozod qilinadi.
Yangiliklar lentasi
0