O‘zbekistonga elektromobilni yuk konteynerida noqonuniy olib o‘tmoqchi bo‘lishdi - foto

© Depositphotos.com / MiflippoElektromobil na podzaradke
Elektromobil na podzaradke - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.12.2021
Obuna bo‘lish
Chegarachilar yuk konteyneriga yashirilgan elektromobil borligi aniqlashgan. Uning taxminiy qiymati 200 mln so‘m.
TOShKENT, 7 dek – Sputnik. Toshkentdagi chegara bojxona postida yuk konteyneriga yashirilgan 200 mln so‘mlik elektromobil aniqlandi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi xabar qildi.
“Chuqursoy texnik idorasi” temir yo‘l chegara bojxona posti xodimlari xorijdan keltirilgan yuk konteynerini bojxona ko‘rigidan o‘tkazishgan.
© Foto: GTK UzbekistanaV Uzbekistan pitalis nezakonno provezti elektromobil v gruzovom konteynere
V Uzbekistan pitalis nezakonno provezti elektromobil v gruzovom konteynere - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.12.2021
V Uzbekistan pitalis nezakonno provezti elektromobil v gruzovom konteynere
Natijada yo‘l-yuk kuzatuv hujjatlarida ko‘rsatilmagan 5 o‘rinli elektromobil borligi aniqlangan. U 2019-yilda ishlab chiqarilgan. Taxminiy qiymati 200 mln so‘m.
Surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0