Jamiyat

Oʻzbekistonga olib kelingan vaktsina miqdori emlanuvchilar sonidan 2 baravar oshdi

© Press-slujba Minzdrava RUzDostavlena ocherednaya partiya vaktsinы ZF-UZ-VAC2001
Dostavlena ocherednaya partiya vaktsinы ZF-UZ-VAC2001  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 07.12.2021
Bugungi kunda Oʻzbekistonda dunyoning oltita yetakchi kompaniyalari tomonidan ishlab chiqarilgan vaktsinalar bilan emlanish imokni bor.
T️OSHKENT, 7 dek - Sputnik. Oʻzbekistonga olib kelingan vaktsinalar umumiy soni 43 milliondan oshdi, deb xabar qilmoqda Sogʻliqni saqlash vazirligi.
Eslatib oʻtamiz, Kornavirusga qarshi kurash shtabi aʼzosi, Sanitar-epidemiologik osoyishtalik xizmati rahbari oʻrinbosari Nurmat Otabekov biroz oldin Oʻzbekistonda 18 yoshdan yuqori boʻlgan emlanuvchilar soni 21 455 214 nafar kishini tashkil qiladi deb maʼlum qilgan edi.
Bugungi kunda Oʻzbekistonga olib kelingan va ishlab chiqarilgan jami vaktsinalar 43 107 478 dozani tashkil qilmoqda, - deyilgan xabarda.
Ulardan 32 431 838 dozasi ZF-UZ-VAC2001, 3 000 060 dozasi Moderna, 2 316 600 dozasi Pfizer/BioNTech, 2 254 480 dozasi AstraZeneca, 1 976 000 dozasi Sinovac va 1 128 500 dozasi "Sputnik V" vaktsinalaridir.
Ushbu vaktsinalardan 34 874 583 dozasi emlash jarayonlarida qoʻllanilgan. Undan 1-bosqich emlanganlar 17 917 259 nafarni, 2-bosqichda emlanganlar 11 209 081 nafarni, va 3-bosqich emlanganlar 5 748 243 nafarni tashkil qildi.
Undan tashqari Oʻzbekistonda 467 680 nafar 12 yoshdan 18 yoshgacha boʻlgan bolalar Pfizer vaktsinasi bilan ixtiyoriy ravishda emlandi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala