Iqtisod

Qozogʻiston Oʻzbekiston bilan chegarada transchegaraviy xab quradi

© Sputnik / Mixail Voskresenskiy, STF / Fotobankka oʻtishGruzovыe furы na territorii terminala
Gruzovыe furы na territorii terminala - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 07.12.2021
Qozogʻiston 4ta transchegaraviy xab qurishni rejalashtirdi: 2ta - Rossiya bilan chegarada, 1tadan - Oʻzbekiston va Qirgʻiziston bilan chegarada.
TOSHKENT, 7 dek — Sputnik. Qozogʻiston prezidenti Qosim-Jomart Toqayev mahalliy biznesning qoʻshni davlatlar bozorlariga chiqishi uchun zamonaviy infratuzilmani rivojlantirish haqida gapirdi. Bu haqda Qozogʻiston prezident matbuot xizmati xabar qildi.
Sklad slojnoy bыtovoy texniki  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 23.11.2021
Iqtisod
Qozogʻiston Oʻzbekistonda 3ta ulgurji-savdo markazini qurmoqchi

"”Xorgos” xalqaro transchegaraviy hamkorlik markazi muvaffaqiyatli faoliyat koʻrsatmoqda. Bu ishlar doirasida yana toʻrtta transchegaraviy xab qurish rejalashtirilgan: ikkita - Rossiya bilan chegarada, bittadan - Oʻzbekiston va Qirgʻiziston bilan chegarada. Bu tranzaktsiya xarajatlarini kamaytiradi, transport logistikasi samaradorligini oshiradi va natijada eksport hajmimizni oshiradi”, - dedi Toqayev “Oltin sapa” va “Pariz” mukofotlari gʻoliblarini taqdirlash marosimida.

Prezident oʻz nutqida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning raqobatbardoshligini oshirish, zamonaviy sifat tizimlarini joriy etish muhimligini taʼkidladi.
"Korxonalarda biznes-jarayonlarning diagnostikasi ushbu sohadagi jahon tendentsiyalariga mos kelishi kerak. Bu birinchi navbatda raqamlashtirish va Sanoat 4.0 elementlaridan foydalanish haqida bormoqda. Shu munosabat bilan "Oltin sapa" tanlovi talablarini bosqichma-bosqich yangi talablarga muvofiqlashtirish kerak”, — deb qoʻshimcha qildi Qosim-Jomart Toqayev.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala