Jamiyat

Tanzila Narbayeva ayol rahbar qanday boʻlishi kerakligini aytib berdi

© Press-slujba Senta Oliy MajlisaPredsedatel Senata Oliy Majlisa Respubliki Uzbekistan Tanzila Narbayeva
Predsedatel Senata Oliy Majlisa Respubliki Uzbekistan Tanzila Narbayeva - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 07.12.2021
Oliy Majlis Senati raisining soʻzlariga koʻra, ayol kishining boshqaruv uslubi xotirjamroq, muvozanatliroq, yumshoqroq boʻladi, mayda narsalarga ham eʼtibor beriladi.
TOSHKENT, 7 dek — Sputnik. Oliy Majlis Raisi Tanzila Norboyeva Oʻzbekistonda ayol rahbar kishining boshqaruv uslubi haqida batafsil aytib berdi.
Jurnalistning Oʻzbekistonda ayol kishining rahbar boʻlishi qiyinmi, - degan savoliga Senat raisi quyidagicha javob berdi.
– Mamlakatimizda ayollarning rahbarlik qilish anʼanasi nisbatan yaqinda paydo boʻlgan. Bir paytlar ayol kishining rahbar boʻlishi istisno sifatida qabul qilinar edi. Biroq tartiblar oʻzgarmoqda va bugun ayollar biznes sohasida oʻzlarining qadr-qimmatini isbotladi.
Ayol kishining boshqaruv uslubi xotirjamroq, muvozanatliroq, yumshoqroqdir. Oʻz ishida qatʼiyatlilik, sabr-toqat va narsalarni oxiriga yetkazish qobiliyati yetakchi ayolga muvaffaqiyatga erishishga yordam beradi. Agar kompaniya ayol tomonidan boshqarilsa, rivojlanish odatda izchil boʻladi.
Masʼuliyat va kichik masalalarga ham eʼtibor qaratish birinchi oʻringa chiqadi. Qaror qabul qiluvchi tuzilmalarda ayollarning faoliyat olib borishi siyosatning ijtimoiy yoʻnaltirilishini taʼminlaydi.
Men masʼuliyatni oʻz zimmasiga olishga yoki yetakchi boʻlishga qaror qilgan ayollar uchun alohida qiyinchiliklar bor deb aytmagan boʻlardim. Asosiysi, oʻzingizga boʻlgan ishonch, - dedi Narbayeva.
Senat raisi aytishiga koʻra, bugungi kunda Oʻzbekistonda ayollar biznesda - 39%, milliy parlamentda - 32%, siyosiy partiyalarda - 46%, oliy taʼlimda - 47%ga yetgan . Umuman Oʻzbekiston boʻyicha rahbarlik lavozimida ishlayotgan ayollar ulushi 27 %ga yetgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala