Dunyoda

Virusolog "omikron"ni tabiiy vaktsina deb atadi

© Sputnik / Vitaliy Timkiv / Fotobankka oʻtishVesenniy prizыv na voyennuyu slujbu v gorodax Rossii
Vesenniy prizыv na voyennuyu slujbu v gorodax Rossii - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 07.12.2021
Mutaxassis fikriga koʻra "Omikron" tufayli insoniyat koronavirus va lokdaunlar haqida butunlay unutishi mumkin.
TOSHKENT, 7 dek - Sputnik. Omikron-shtamm bu tabiat tomonidan yaratilgan tirik vaktsina boʻlishi mumkin, dedi Engelgardt nomidagi Molekulyar biologiya instituti laboratoriyasi rahbari, virusolog Pyotr Chumakov.

"Yaʼni koronavirusning ushbu shtammi bilan kasallanib tuzalgan kishilar uning zararli koʻrinishlariga qarshi immunitetga ega boʻladi", - deydi olim.

Mutaxassis fikriga koʻra, "omikron" tufayli insoniyat koronavirus va lokdaunlar haqida butunlay unutishi mumkin.
Eslatib oʻtamiz, koronavirusning yangi B.1.1.529 shtammi dastlab 11 noyabr kuni ilk bor Botsvanada keyin JARda aniqlangan edi. Qisqa vaqt ichida "omikron" JARda koronavirusning "delta" va boshqa shtammlarini siqib chiqardi.
Mutaxassislar fikriga koʻra, ushbu shtamm s-oqsilida juda koʻp mutatsiyalarga uchrashi oqibatida bugungi kunda mavjud vaktsina va kasallanishdan keyingi immunitetga "chap berish" xususiyatiga ega.
Shu bilan birga, omikron-shtamm bilan kasallanganlar orasida shu kunga qadar biror kishida kasallikning ogʻir kechishi yoki oʻlim holatlari qayd etilmagan. Yaʼni kasallik yengil kechadi va shu bilan birga kelajakda koronavirusga chalinishning oldini oladi.
Biroz oldin Sputnik radiosi efirida virusolog Altshteyn ham shunga oʻxshash fikr bildirgan edi. Olim xulosasiga koʻra, omikron insoniyatdi pandemiyadan xalos qilishi mumkin.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala