Jamiyat

Xurmo isteʼmol qilayotganda organizmda nimalar sodir boʻladi

© Sputnik / Artur Lebedev / Fotobankka oʻtishSbor urojaya xurmы
Sbor urojaya xurmы - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 07.12.2021
Afsonalarga koʻra, xurmo abadiy yoshlik va goʻzallik manbai. Rostdan ham shundaymi? Sputnik Belarus buni oʻrgandi.
Xurmo hosilining pallasi sentyabr- noyabr oylariga toʻgʻri keladi, ammo savdo rastalarida ushbu ajoyib mahsulot tezda yoʻqolib qolmaydi.
Xurmo tanlash juda oson: yirik, yaltiroq, yoriqlari boʻlmagan silliq mevani tanlaysiz. Meva barglari yashil dogʻlarsiz, qattiq boʻlishi lozim. Yumshoq xurmoni darhol isteʼmol qilish, qattiqlarini esa yana biroz yetilishiga olib qoʻyish kerak.
Xoʻsh, xurmo isteʼmol qilayotganda organizmda nimalar sodir boʻladi?

Immunitetni mustahkamlaydi

Xurmo - koʻp kasalliklarga qarshi ajoyib vosita, tarkibida Vitamin S moʻl boʻlganligi sababli, butun organizm ish faoliyatiga taʼsir qiladi. Vitamin S, beta-karotin va kaliy kombinatsiyasi esa olimlar tomonidan immun hujaylarini tiklash uchun “oltin tarkib” deya topilgan.

Qarishni sekinlashtiradi

Xurmo tarkibida antioksidantlar nihoyatda koʻp. Ulardan biri - katexin-organizm hujayralari qarishini oldini oladi. Aynan antioksidantlar tufayli xurmo qattiq va yopishqoq. Bu esa milklarni himoya qiladi.

Hazm qilishni yaxshilaydi

Ichaklarning yaxshi faoliyati manbai bu- kletchatka. Tarkibida kletchatka koʻpligi boʻyicha esa xurmo mutlaq rekordchi: 100 gramm mahsulotga 10% sutkalik oziq-ovqat tolalari toʻgʻri keladi. Metabolizm faoliyatini shuningdek, foliy kislotasi va vitamin V6 kabi moddalar ham yaxshilaydi

Koʻrish qobiliyatini yaxshilaydi

Xurmo A vitamining yuqori miqdori tufayli yorqin toʻq sariq rangga ega. A vitamini esa koʻrish qobiliyati uchun eng yaxshi dori. Karotin moddasi qorongʻuda koʻrish, ranglarni idrok etishda yordam beradi hatto, konyuktivitni (koʻz shaffof shilliq qavati yalligʻlanishi)ni oldini oladi.

Shishlarning oldini oladi

Xurmo- tabiiy siydik hadovchi mahsulot, shuning uchun ham shishlarning oldini oladi.
Mevaning toʻq sariq magʻzi suyuqlikni oson haydaydi, kaliy foydali vitaminlar va minerallarning organizmda saqlab qolishni taʼminlaydi. Shuningdek, xurmo quvvat beradi, vahima xurujini kamaytiradi, stressni yengillashtiradi.
Xurmoning yana bir yoqimli xususiyati: mutaxassislarining fikriga koʻra, ushbu meva hiqichoqdan xalos boʻlishda ham koʻmak beradi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala