Jamiyat

Yulduz Usmonova shaxsiy klinikasi haqida aytib berdi - video

Yulduz Usmanova - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 07.12.2021
Shaxsiy klinikaning ochilishi haqidagi mish-mishlar iyul oyida paydo boʻlgan edi. Aytishlaricha, Yulduz Usmonova turmush oʻrtogʻi bilan biznes boshlagan.
TOSHKENT, 7 dek — Sputnik. Oʻzbek estradasining primadonnasi yaqinda Toshkentda oʻz klinikasini ochdi.
Xonanda oʻzining bunday qaroriga ilk bor izoh berdi. Yulduz Usmonovaning aytishicha, u xalq uchun foydali ish qilmoqchi.
“24 soat ishlaydigan klinikaning boʻlishi yaxshiku. Kimnidir tishi ogʻrib qolishi, bolasining isitmasi chiqib qolishi mumkin. Bu klinika esa kecha-kunduz ishlaydi", - dedi Yulduz Usmonova.
"Yaqin vaqtlarda klinika dorixonasi ham ochiladi", deya qoʻshimcha qildi xonanda.
Klinikaning ochilishi haqidagi mish-mishlar iyul oyida paydo boʻlgan edi. Aytishlaricha, xonanda turmush oʻrtogʻi bilan yangi biznes boshlagan.
Shifoxona Mymed clinic deb nomlangan. Avval klinikaning Instagram dagi rasmiy sahifasida xonandaning binodagi taʼmirlash ishlarini baholayotgan videosi eʼlon qilingan edi.
Keyinchalik xonandaning oʻzi tibbiy muassasa ochilishi haqida yozgan axborot nashrining xabarini storisida eʼlon qilib tasdiqlagan edi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala