Jamiyat

Prezident Konstitutsiya kuni arafasida 182 nafar mahkumni afv etdi

© Pixabay / PublicDomainPicturesTyurma, illyustrativnoye foto
Tyurma, illyustrativnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 08.12.2021
Prezident farmoni bilan Konstitutsiya kuni arafasida bilib-bilmay jinoyat sodir etgan, qilmishiga chin dildan pushaymon boʻlib, tuzalish yoʻliga qatʼiy oʻtgan 182 nafar mahkum afv etildi.
TOSHKENT, 8 dek – Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Konstitutsiya kuni arafasida 182 nafar mahkumni muddatidan oldin ozod qilish toʻgʻrisidagi farmonni imzoladi.
Ozodlikdan mahrum etish jazosini oʻtayotgan, qilmishiga chin koʻngildan pushaymon boʻlgan va tuzalish yoʻliga qatʼiy oʻtganlar afv etilgan.
Afv etilgan shaxslarning 3 nafari asosiy jazodan toʻliq ozod etildi, 108 nafari jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi, 8 nafarining ozodlikdan mahrum etish jazosi yengilroq jazo bilan almashtirildi. Shuningdek, 63 nafar shaxsga tayinlangan ozodlikdan mahrum etish jazosining muddatlari qisqartirildi.
Afv etilganlarning 6 nafarini chet el fuqarolari, 6 nafarini 60 yoshdan oshgan shaxslar, 9 nafarini ayol hamda 25 nafarini taqiqlangan tashkilotlar faoliyatida qatnashgan shaxslar tashkil etadi.
Prezidentning Konstitutsiya kuni munosabati bilan Oʻzbekiston xalqiga yoʻllagan tabrigida keltirilishicha, bu yil 4 mingdan ortiq shaxs sud zalidan ozod qilinib, 8 mingga yaqin fuqaroga nisbatan asossiz qoʻyilgan moddalar ayblovdan chiqarilgan, 859 nafar shaxs oqlangan. Bularning bari sud-tergov sohasidagi islohotlarning eng muhim natijasidir.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala