Jamiyat

Qor qoplonlari: Oʻzbekistonda yangi muzey ochildi – video

© Sputnik / Vladimir Pirogov / Fotobankka oʻtishSnejnыe barsы v Kirgizii
Snejnыe barsы v Kirgizii - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 08.12.2021
Chotqol qoʻriqxonasi maʼmuriyati binosi oʻtgan asrning 70-yillarida qurilgan boʻlib, 7 dekabr kuni yangilangan formatda oʻz eshiklarini ochdi.
TOSHKENT, 8 dek — Sputnik. Chotqol qoʻriqxonasi maʼmuriyati binosi oʻtgan asrning 70-yillarida qurilgan boʻlib, 7 dekabr kuni yangilangan formatda oʻz eshiklarini ochdi. Maʼmuriy bino rekonstruktsiya qilinib, mehmonlar-markaziga aylantirildi, u yerda bir nechta zallar ochildi.
Zallardan biri qor qoploniga bagʻishlangan. Chotqol davlat qoʻriqxonasi direktori Jasur Doʻstovning soʻzlariga koʻra, qor qoploni hayvonlarning eng kam uchraydigan va kam oʻrganilgan turlaridan biridir. Oʻzbekistonda bor-yoʻqi 80-90 jonivor bor.
Qoplonlar togʻlarda yashaydiganligi sababli togʻ ekotizimlari alohida eʼtibor va himoyaga muhtoj
Amurskiy tigr zimoy - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 21.10.2021
Dunyoda
Och yoʻlbarslar Tojikistondagi qishloqlarga hujumga oʻtdi
Markazni rekonstruktsiya qilishda BMT Taraqqiyot dasturi ishtirok etdi.
Chotqol qoʻriqxonasi Toshkent viloyatida 24 ming gektardan ortiq maydonda joylashgan. Bu yerda 745 dan ortiq turdagi yuqori oʻsimlik oʻsadi. Hududning 57% dan ortigʻi daraxt va butalar bilan qoplangan. Qoʻriqxona hududida 30 dan ortiq yangi oʻsimlik turlari topilib roʻyxatga olingan, bu yerda yashovchi hayvonlarning 20 turi Oʻzbekiston Qizil kitobiga kiritilgan.
2015 yilda Rossiya va BMT TD oʻrtasida hamkorlik toʻgʻrisidagi bitim imzolangan boʻlib, unga koʻra, Rossiya tashkilotning Armaniston, Belarus, Qirgʻiziston, Oʻzbekiston, Tojikiston kabi davlatlar, shuningdek, xorijiy davlatlardagi loyihalarini moliyalashtirishda ishtirok etadi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala