Hodisalar

Denovdagi portlash yuzasidan jinoyat ishi ochildi

© Unsplash / Adam Wilson Pojar, illyustrativnoye foto
Pojar, illyustrativnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 09.12.2021
Hodisa yuzasidan Jinoyat kodeksining ikki moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
TOSHKENT, 9 dek – Sputnik. Surxondaryo viloyati Denov shahridagi savdo markazida roʻy bergan portlash yuzasidan jinoiy ish qoʻzgʻatildi.
Bosh prokuratura matbuot xizmatining xabar qilishicha, hodisa yuzasidan Jinoyat kodeksining 257 (Mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzish) va 259 (Yongʻin xavfsizligi qoidalarini buzish) moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Denov shahri markazidagi ikki qavatli “Indenim” savdo majmuasida 7 dekabr kuniga oʻtar kechasi portlash sodir boʻlgan edi. Rasmiy maʼlumotlarga koʻra, hodisa oqibatida 9 kishi jarohatlanib, 2 kishi halok boʻlgan. Portlashdan 65 ta uy zarar koʻrgan, 6 ta xonadon yashash uchun xavfli holatga kelib qolgan. Viloyat hokimi Toʻra Bobolov yetkazilgan zarar davlat tomonidan toʻliq qoplab berilishini maʼlum qilgan.
Bosh prokuratura portlash biron-bir portlatuvchi modda yoki neft mahsulotlari yordamida amalga oshirilgani haqidagi versiyani rad etgan.
FVV Davlat yongʻin nazoratini tashkil etish boshqarmasi boshligʻi Oʻlmas Muzaffarovning taʼkidlashicha, savdo majmuasida gaz asbob-uskunalaridan foydalanish qoidalarining buzilishi oqibatida toʻplangan gaz-havo aralashmasining chaqnashi portlashning asosiy sababi hisoblanadi.
Mavzuga doir:
Denovdagi portlash qurbonlari soni ortdi
Denovdagi portlashga nima sabab boʻlgan?
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala