Iqtisod

Yer va suvdan foydalanish soliqlarini oshirish muhokama qilinmoqda

CC0 / pixabay.com / Orosheniye zemli
Orosheniye zemli - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 09.12.2021
Oʻzbekiston Soliq kodeksiga jiddiy oʻzgarishlar kiritish rejalashtirilmoqda. Xususan yer, suv resurslaridan foydalanish soliqlari 10% ga oshirish rejalashtirilmoqda.
TOSHKENT, 9 dek - Sputnik. Shu kunlarda Oliy Majlis Qonunchilik palatasida Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi qonun loyihasi muhokama qilinmoqda, deb xabar qilmoqda Toshkent shahar hokimligi.
Xususan, Soliq kodeksiga quyidagi oʻzgarishlarni kiritish rejalashtirilmoqda:
yer soligʻi, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq va aktsiz soligʻi stavkalari oʻrtacha 10% ga indeksatsiya qilish (oshirish) rejalashtirilmoqda. Lekin qishloq xoʻjalik yerlarini sugʻorish uchun foydalanilgan suv hajmi qismi va baliq yetishtirish uchun belgilangan suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari 2021 yil darajasida (1 kub metr uchun 40 soʻm) saqlab qolinadi;
koʻchmas mulk joylashgan har bir kvadrat metr uchun minimal qiymat joriy etish va bir vaqtning oʻzida yuridik shaxslarning mol-mulk soligʻi stavkalarini pasaytirish;
polietilen granulalariga aktsiz soligʻi stavkasini 20 dan 10 %gacha pasaytirgan holda, ushbu stavkani uning importiga ham joriy etish;
tsement (klinker) ishlab chiqarishni amalga oshiruvchi korxonalarga belgilangan 20 foizlik foyda soligʻi stavkasini 15 foizga pasaytirish,
2022 yil 1 yanvardan boshlab esa tsement ishlab chiqarishga moʻljallangan 1 tonna ohaktosh uchun yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliq stavkasini ikki baravarga kamaytirish taklif qilinmoqda.
soliq solish bilan bogʻliq boʻlgan obʼyektlar hisobini tashkil etish, xususan, soliq imtiyozlari hisobi boʻyicha yagona avtomatlashtirilgan tizimni yaratish;
soliq toʻlovchining hisob maʼlumotlaridagi oʻzgarishlarni shaxsiy kabinet orqali tasdiqlash masalasi ham aks etgan.
Eslatib oʻtamiz, Davlat Soliq Qoʻmitasi yaqinda ushbu yilda Oʻzbekstonda toʻplanayotgan soliqlar miqdori olidingi yillarga nisbatan rekord darajada oshganini maʼlum qilgan edi. Xususan, Sherzod Qudbiyev soʻnggi oylarda Oʻzbekistonda har oy bir milliard dollar miqdorida soliq jamlanayotganini maʼlum qilgan edi.
Glava Ministerstva zanyatosti i trudovыx otnosheniy Sherzod Kudbiyev - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 20.11.2021
Iqtisod
Har oy bir milliard dollar soliq yigʻayapmiz - Sherzod Qudbiyev
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala