Har kuni mol go‘shti iste’mol qilinsa, nima bo‘ladi? Vrach javobi

Maso - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.12.2021
Obuna bo‘lish
Vrach-diyetolog Ril: mol go‘shti qandli diabetga chalinganlar uchun foydali bo‘lgan testosteron ishlab chiqaradi.
Vrach-diyetolog Irina Ril muntazam mol go‘shti iste’mol qilishning organizmga ta’siri haqida so‘zlab berdi.
“Mol go‘shti, ayniqsa, buzoq go‘shti tarkibida temir moddasi ko‘pligi bo‘yicha yetakchi mahsulot. Shuning uchun u past gemoglobin hamda kamqonli erkaklar uchun foydali. Mol go‘shti tarkibida kollagen ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan yuqori sifatli oqsillar va aminokislotalar mavjud. Kollagen esa soch, teri, bo‘g‘inlar, qon tomirlari salomatligi uchun zarur modda”- deya ta’kidladi shifokor.
“Mol go‘shti testosteron ishlab chiqarishga hissa qo‘shadi va bu erkaklar salomatligi va yoshligini saqlash uchun zarur modda, deydi shifokor. - Sifatli mol go‘shti oqsili mushaklar o‘stirishiga yordam beradi. Bundan tashqari, yuqori miqdordagi oqsil, kam yog‘li va uglevodlarsiz ushbu mahsulot vazn tashlamoqchi bo‘lganlar uchun ham foydali.
"Ushbu mahsulot qandli diabetga chalinganlar ratsionida bo‘lishi lozim. Chunki, mol go‘shti B guruhi vitaminlari (asab tizimi va immunitet uchun zarur) manbai hisoblanadi. Uning tarkibida immunitetni mustahkamlashga yordam beruvchi taurin va rux moddasi mavjud", - deydi mutaxassis.
Yangiliklar lentasi
0