NATO uchuvchilari Rossiya samolyotlari bilan uchrashuvdan keyin psixologlar qabuliga bormoqda

© Sputnik / Aleksey VitviskiySamolyoti F-16
Samolyoti F-16 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.12.2021
Obuna bo‘lish
Moskvaning Alyans tomonidan “tiyib turilishi” absurd, yumshoq qilib aytganda, bema’ni bo‘lib ko‘rinadi.
Rossiya radarlaridan hech qachon tushmaydigan ko‘rinmas samolyotlar va Rossiya qiruvlar bilan to‘qnashuvlardan so‘ng bazasiga psixologik jarohatlar bilan qaytadigan NATOning qo‘rqmas uchuvchilari.
Amerikalik F-35 uchuvchilari bort tizimidagi nosozliklar va Boltiq, Qora dengizlarda aloqa uzilishidan shikoyat qilishmoqda. Rossiya chegarasidan 500 kilometr uzoqlikda radioelektron urushlar “uchar kompyuter”lar tomonidan bostirilmoqda. Taxminlarga ko‘ra, 5000 kilometrgacha bo‘lgan masofada AQSh va NATO jangovar samoletlarining elektronikasini yoqib yuborishga qodir bo‘lgan “Murmansk- BN” kompleksi ishlamoqda. Bunday radioelektron urush tizimlari F-35 ko‘p nishonli qiruvchi-bombardimonchi samoletlarini metall uyumlarga aylantirishi, uchuvchilarni tushkunlikka tushirishi mumkin va bu shunchaki gap emas.
Yaqinda Italiya Harbiy-havo kuchlarining F-35 uchuvchisiga psixolog ko‘magi kerak bo‘ldi. U osmonda Rossiyaning Su-30SM qiurvchisi va uning elektron urush uskunalari bilan to‘qnash kelgan edi. Italiyalik ofitser F-35ning ba’zi tizimlari ishdan chiqqanini aytdi: “Qo‘rquv meni shunchalik cheklab qo‘ydiki, u hatto oyog‘imning barmoqlariga ham yetib bordi. Men tushundimki, rossiyadik uchuvchi mening va samoletimning imkoniyatlarini sinayapti. Beixtiyor ko‘zlarimga yosh keldi”. Aviazabazaga qaytgach, italiyalik uchuvchiga asabiy tushkunlik tashxisi qo‘yilgan. Ofitserning parvozlari bekor qilinib, uyiga jo‘natilgan. BalticAirPolicing formatidagi NATO harbiy kuchlari mana shunday qilib Rossiyani o‘z chegaralari yaqinida mana shunday “tiyib turibdi”.
Gruziyani 2008-yil avgustiga tayyorlagan davlatlar Ukrainani qurollantirmoqda
Alyans uchuvchilari potensial dushmanining jangovarlikdagi ustunliklariga o‘rganmagan, shuning uchun ham patrul martshruti bo‘ylab uchuvchilarda shikoyatlar va jarohatlar paydo bo‘lgan. Aytish lozim, R-27EA boshqariladigan “havo-havo” raketasi 130 km gacha uchish masofasi Su-30SM qiruvchi samoletining halokatli bo‘lmagan manevrlari va elektron urush tizimlaridan ancha xavfli.
Rossiyaning Su-30SM 4+ avlodi ko‘p nishonli qiruvchi samoleti haqiqiy havo ustunligini qo‘lga kiritish uchun yaratilgan bo‘lib, bortga havo, suv osti, yer osti nishonlarini yo‘q qilish, kechayu kunduz, oddiy va murakkab ob-havo shiroitida dushmanning faol va passiv harakatlarida ham yo‘q qilishga yordam beradigan 8 tonnagacha o‘q-dorilarni ortish imkoniyatiga ega.

Mif va konsepsiyalarni yo‘qqa chiqaradiganlar

NATOning sharq tomon xafli kengayishi va Boltiqbo‘yi mamlakatlari, Qora dengiz mintaqasida xorijiy harbiy infratuzilmaning o‘sishi Moskvani assimetrik harakat qilishga, potensial dushmanni yo‘q qilish va bostirish uchun eng yangi tizimlarni yaratishga majbur qilmoqda. Rossiya Federatsiyasi Qurolli kuchlari G‘arbning kollektiv qo‘shinlari va kuchlarining zarba berish qobiliyatidan texnologik jihatdan sezilarli darajada ustun bo‘lgan gipertovushli raketalar va tahdidlarni zararsizlantirish uchun noodatiy vositalarga ega bo‘ladi.
"Krasuxa-4" radioelektron urush tizimi 300 kmgacha bo‘lgan masofada dushmanning Harbiy Havo kuchlari va dengiz floti kemalarining bort jihozlarini “bostirish”ga qodir bo‘lsa, "Murmansk-BN" kompleksi dushmanning harbiy texnikasini ming kilometrlarni tashkil qilgan uzoq masofadan ham ishdan chiqarishi mumkin. Bundan tashqari, "Murmansk-BN" avtomatik rejimda elektron razvedka o‘tkazish, begona radiosignallarni aniqlash, ya’ni qo‘mondonlik punktlari va dushman samoletlari o‘rtasidagi aloqani buzishga qodir.
Bu kabi vositalar Qo‘shma Shtatlar va NATOning zarbali qurollarini zararsizlantirishga imkon beradi, chunki aloqa, GPS-navigatsiyasi va operatsion ma’lumotga ega bo‘lmagan jangovor samolet (yoki kema) shunchaki yo‘q qilish oson bo‘lgan nishonga aylanadi (agar kerak bo‘lsa). Kelajakda turli intensivlikdagi harbiy to‘qnashuvlarda elektron urush vositalari muhim rol o‘ynaydi. Ehtimol, razvedka va aloqa sputniklari kosmosni ham qamrab oladi.
Rossiyaning NUJga qiyoslangan aviatashuvchilar kushandasi
Bugungi kunda "Murmansk-BN" mobil komplekslari Shimoliy, Boltiqbo‘yi va Qora dengiz flotlarida xizmat ko‘rsatmoqda, ular Kol yarim oroli, Kaliningrad va Qrim kabi Rossiya chegalarini munosib tarzda qo‘riqlamoqda. Fantastik radius harakatlari 5000 km (ba’zi hollarda- 8000 kmgacha) butun Yevropa va Atlantika okeanining muhim qismi, Afrikaning yarmi, Arab dengizi va Fors ko‘rfazi, Hindistondan Xitoygacha bo‘lgan Markaziy va Janubiy Osiyo mamlakatlari kabi ulkan operatsion hududni nazorat qilishni ta’minlaydi.
"Krasuxa-4", "Murmansk-BN" va boshqa samoletlari Pentagon va NATOning tarmoqqa asoslangan urush harakatlarini yo‘q qilmoqda. Rossiyaning "uzoq masofali" elektron urush tizimlarining dunyoda o‘xshashlari yo‘q.
AQShda bo‘lib o‘tgan Milliy mudofaa forumida AQSh Harbiy havo kuchlari kotibi Frenk Kendall bejizga Pentagonning asosiy tuzilmalaridan bo‘lmish yuqori texnologiyali dushmanga qarshi kurashishga qodir bo‘lmagan harbiy samolyotlar, vertolotlar va PUAlarni jiddiy qisqartirish, foydalanishdan chiqarish zarurligini ta’kidlamadi.
Toliblar uchishni o‘rganmoqda: bu kim uchun xavfli bo‘lishi mumkin
Ushbu pozitsiyani AQSh Harbiy-havo kuchlari shtab boshlig‘i Charlz Braun ham qo‘llab-quvvatladi, u 2019-yilda Eron havo mudofaasi va 2020-yilda Suriya havo mudofaasi tomonidan urib tushirilgan uchuvchisiz strategik razvedka samolyotlarining yo‘qotishlarini esladi (bir kunda bir vaqtning o‘zida ikkita). Gap 160 dan ortiq samolyotlarni, shu jumladan 20 ta zamonaviy razvedkachi RQ-4 GlobalHawkBlock 30 dronlarini har biri 140 million dollardan foydalanishdan chiqarish haqida ketmoqda. RQ-4 GlobalHawkBlock 30 modifikatsiyasi 2011-yilda AQSh havo kuchlari tomonidan qabul qilingan.
Amerikalik ittifoqchilarga "ko‘rinmas" F-35 samolyotlarining ko‘p sotilishiga qaramay, Pentagonda ushbu samolyot bugungi kungacha jiddiy sinovdan o‘tkazilmagan, AQShda ommaviy ishlab chiqarish uchun ruxsat etilmagan va reklama roliklariga qaraganda juda zaif.
Pentagonning texnologik jihatdan qoloqligi endi hech kimga sir emas. AQSh Mudofaa vaziri Lloyd Ostin ham, paradoksal ravishda, hatto Ukraina va Tayvan kabi issiq nuqtalarda ham harbiy-siyosiy muammolarni faqat diplomatik yo‘llar bilan hal qilishga moyillik bermoqda. Shubhasiz, Vashington yuqori texnologiyali urushlarning ehtimoliy va "Qo‘shma Shtatlar uchun dramatik" natijalaridan rostdan ham qo‘rqadi.
Harbiy sharhlovchi Aleksandr Xrolenkoning Telegram kanaliga a’zo bo‘ling.
Yangiliklar lentasi
0