O‘zgidromet: ba’zi joylarda -16 daraja sovuq bo‘ladi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovSneg v Tashkente
Sneg v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.12.2021
Obuna bo‘lish
Respublika bo‘yicha havo haroratini meyordan 8-10 daraja pasayishi kutilmoqda.
TOShKENT, 9 dek – Sputnik. Joriy yilning 12-15 dekabrida O‘zbekiston hududiga Kaspiy dengizi hududlaridan nam havo, so‘ngra Ural hududlaridan sovuq havo massalari kirib keladi, deb xabar qilmoqda O‘zgidromet.
12-14 dekabr kunlari respublikada vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qorga aylanadi) bo‘ladi.
Tog‘ va tog‘ oldi tumanlarda 12-13 dekabr kunlari yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) kuzatiladi, ayrim hududlarda kuchli yog‘ingarchilik kutilmoqda. Shuningdek, ba’zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Respublika bo‘yicha havo haroratini meyordan 8-10 daraja pasayishi kutilmoqda.
13-15 dekabr kunlari havo harorati kechalari -3...-8 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari +0..-5 daraja iliqqacha, shimolda kechalari -7...-12 daraja sovuqqacha, ba’zi joylarda -14...-16 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari -3 daraja sovuq +2 daraja iliqqacha pasayadi.
Yangiliklar lentasi
0