Siyosat

Shavkat Mirziyoyev qachon Janubiy Koreyaga borishi maʼlum boʻldi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaGosudarstvennыy vizit Prezidenta Respubliki Koreya Mun Chje Ina v Uzbekistan
Gosudarstvennыy vizit Prezidenta Respubliki Koreya Mun Chje Ina v Uzbekistan - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 09.12.2021
Prezidentning Janubiy Koreyaga tashrifi uch kun davom etishi kutilmoqda.
TOSHKENT, 9 dek – Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev 16 dekabr kuni hamkasbi Mun Chje Inning taklifiga binoan davlat tashrifi bilan Janubiy Koreyaga boradi.
Koreya prezidenti matbuot xizmati xabariga koʻra, Oʻzbekiston rahbari tashrifi uch kun davom etadi.
Ikki mamlakat prezidentlari 17 dekabr kuni oliy darajadagi uchrashuvlarni oʻtkazishadi.
Mun Chje In va Shavkat Mirziyoyev ikki xalq oʻrtasidagi "kelajakka yoʻnaltirilgan va oʻzaro manfaatli" hamkorlikni rivojlantirish chora-tadbirlarini muhokama qilishi kutilmoqda.
Mirziyoyev Seuldagi sammitda ishtirok etdi: asosiy fikrlar >>>
Shavkat Mirziyoyevning joriy yil dekabrida Janubiy Koreyaga rasmiy tashrif bilan borishi noyabrda maʼlum boʻlgan edi.
Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje In 2019 yil 18-21 aprel kunlari davlat tashrifi bilan Oʻzbekistonda boʻlgan edi. 2017 yil 22-25 noyabr kunlari esa Shavkat Mirziyoyevning u yerga davlat tashrifi amalga oshirilgan edi.
Eslatib oʻtamiz, Shavkat Mirziyoyev prezident etib qayta saylangandan keyin birinchi davlat tashrifini Rossiyaga amalga oshirgan edi. Shavkat Mirziyoyev Kremlda Vladimir Putin bilan uchrashdi. Oʻzbekiston va Rossiya yetakchilari uchrashuvi yakunlariga koʻra 18 ta hujjat imzolandi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala