Jamiyat

Toshkentda koronavirus qurbonlari boʻlgan tibbiyot xodimlari xotirasi abadiylashtiriladi

© Sputnik / Valeriy Melnikov / Fotobankka oʻtishGoroda Mira. Tashkent
Goroda Mira. Tashkent - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 09.12.2021
Oʻzbekistonda rasmiy maʼlumotlarga koʻra, koronavirusdan 1 428 kishi vafot etgan.
TOSHKENT, 9 dek – Sputnik. Toshkentda pandemiya bilan kurash davomida jonini fido qilgan tibbiyot xodimlari xotirasiga bagʻishlangan aktsiya boshlandi. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
11 dekabr kuni soat 10:00 da Gʻalaba bogʻiga kirish oldidagi maydonchada Xotira xiyobonini tashkil qilish ishlari boshlanadi. Birinchi bosqichda 61 ta daraxt: chinor, qayragʻoch va akatsiyalar ekiladi.
Aktsiya Oʻzbekiston Landshaft sanʼati uyushmasi va Olmazor tuman hokimligi tashabbusi bilan tashkil etilmoqda.
Oʻzbekistonda rasmiy maʼlumotlarga koʻra, 2021 yil 8 dekabrigacha koronavirusdan 1 428 kishi vafot etgan. Shulardan qanchasi tibbiyot xodimlari ekani ochiqlanmagan.
Zangiota yuqumli kasalliklar shifoxonasi jonlantirish boʻlimida asosan kimlar davolanmoqda>>>
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala