Siyosat

YEOII va Oʻzbekiston: Mirziyoyev muhim vazifalarni sanab oʻtdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Shavkat Mirziyoyev prinyal uchastiye vo vneocherednom sammite Soveta sotrudnichestva tyurkoyazыchnыx gosudarstv
Prezident Shavkat Mirziyoyev prinyal uchastiye vo vneocherednom sammite Soveta sotrudnichestva tyurkoyazыchnыx gosudarstv - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 10.12.2021
Shavkat Mirziyoyev Oliy Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi kengashi yigʻilishida soʻzga chiqdi.
TOSHKENT, 10 dek — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekiston va YEOII oʻrtasida kuzatuvchi-davlat maqomida hamkorligining yil yakunlarini sarhisob qildi.
Bu davrda respublika uzoq muddatli munosabatlarni har tomonlama rivojlantirish uchun mustahkam poydevor yaratdi. Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YEIK) bilan tizimli va samarali ish olib borildi, memorandum va uch yillik harakatlar rejasi amalga oshirilmoqda. Oʻzbekiston YEOIIning boshqa organlari faoliyatida faol ishtirok etmoqda.
“Oʻzbekiston milliy qonunchiligini YEOII normalariga yaqinlashtirish masalalarida izchil oldinga bormoqda”, - dedi Shavkat Mirziyoyev.
Uning soʻzlariga koʻra, bu birinchi navbatda - standartlash sohasi va tashqi savdoni notarif tartibga solish choralari.
Oʻzbekiston “COVID-19siz sayohat” raqamli platformasiga ulandi, Yevroosiyo taraqqiyot bankiga qoʻshilish jarayoni boshlandi.
Oʻzbekistonning YEOII davlatlari bilan tashqi savdo aylanmasi joriy yil 11 oyi davomida 30 %ga oshdi. Shu bilan birga, pandemiyadan oldingi 2019 yilga nisbatan ittifoq mamlakatlari bilan savdo aylanmasi 11 %ga oshdi.
Prezident oʻz nutqida YEOII doirasida birgalikda yechim topishni talab qiladigan vazifalar haqida toʻxtaldi:
oʻzaro savdoda toʻsiqlar va cheklovlarni bartaraf etish;
sanoat kooperatsiyasini chuqurlashtirish;
yangi transport koridorlarini qurish boʻyicha loyihalarni ilgari surish;
yashil energiya loyihasini amalga oshirishda saʼy-harakatlarni birlashtirish;
raqamli iqtisodiyotga oʻtish;
Yevroosiyo hududida muhim biznes tashabbus va dasturlarini amalga oshirishda kuzatuvchi-davlatlarni faolroq jalb etish;
Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi organlarida kuzatuvchi davlatlarning ishtirok etish imkoniyatlarini kengaytirish.
Ayni vaqtda YEOII aʼzolari - Rossiya, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Belarus va Armaniston. Kuzatuvchi-davlatlar – Oʻzbekiston, Moldova, Kuba.
Oʻzbekiston barcha ochiq tadbirlarda va muhokamalarda ishtirok etish imkoniyatiga ega, bu esa bu ittifoqqa keyingi integratsiya toʻgʻrisida yakuniy qaror qabul qilishga imkon beradi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala