Siyosat

Putin YEOII yigʻilishida qanday takliflar bildirdi

© POOL / Fotobankka oʻtishPrezident RF V. Putin prinyal uchastiye v zasedanii Vыsshego Yevraziyskogo ekonomicheskogo soveta
Prezident RF V. Putin prinyal uchastiye v zasedanii Vыsshego Yevraziyskogo ekonomicheskogo soveta - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 10.12.2021
Putin YEOII sammitida "COVID-19siz sayohat" ilovasining geografiyasini kengaytirishni taklif qildi.
TOSHKENT, 10 dek — Sputnik. Vladimir Putin Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashi yigʻilishida nutq soʻzladi.
Rossiya yetakchisi taʼkidlashicha, pandemiya va jahon bozorlaridagi beqarorlik fonida murakkab sharoitlarga qaramay, YEOII doirasidagi oʻzaro hamkorlik juda samarali boʻldi.
Ittifoqning umumiy qonunchiligini takomillashtirish jarayoni davom etmoqda. YEOII mamlakatlari tovar va xizmatlar harakati yoʻlidagi toʻsiqlarni faol ravishda bartaraf etmoqda, dedi Putin.

“COVID-19siz sayohat”

“COVID-19siz sayohat” mobil ilovasi pandemiya sharoitida integratsiya birlashmasi doirasida YEOII mamlakatlari fuqarolarining erkin va xavfsiz harakatlanishi uchun ishga tushirildi.
Roʻyxatdan oʻtgandan soʻng, foydalanuvchiga maʼlum bir mamlakatdagi amaldagi cheklovlar va qoidalar haqida maʼlumot yuboriladi, tekshirilgan laboratoriyalar roʻyxati va testdan oʻtish uchun roʻyxatdan oʻtish imkoniyati taqdim etiladi.
Hozirda loyihada Armaniston, Belarus, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Ozarbayjon, Moldova, Tojikiston, Turkmaniston va Oʻzbekiston ishtirok etmoqda.
Putin loyiha geografiyasini kengaytirishni taklif qildi. Prezident hozirda YEOII davlatlaridan tashqari, Ozarbayjon, Moldova, Tojikiston va Oʻzbekistonda ham ilova faol qoʻllanilayotganini taʼkidladi.
Davlat rahbari loyihani takomillashtirish borasidagi ishlarni davom ettirishni taklif qildi.

Navigatsiya plombalari

Rossiya YEOII Oliy kengashi yigʻilishida elektron navigatsiya plombalari haqidagi hujjat qabul qilinish haqida tashabbus bilan chiqdi. Bu tovarlar harakatini shaffof kuzatish imkonini beradi, dedi Putin.
“Ular (plomba – Sputnik) tovarlarning transchegaraviy tashishlarni kuzatish, tovarlar xavfsizligini ishonchli kafolatlash va ularni chegarada rasmiylashtirish tartibini soddalashtirish imkonini beradi”, — deb qoʻshimcha qildi Rossiya lideri.
Bunday plombalardan foydalanish, shubhasiz, bojxona operatsiyalarining shaffofligini oshiradi va YEOII hududida transport xizmatlari sohasini rivojlantirishga ijobiy taʼsir koʻrsatadi.
Bu plombalar Yevropa va Osiyo-Tinch okeani mintaqasi oʻrtasidagi yuk tranziti uchun transport yoʻnalishlarini jozibador qiladi, dedi Rossiya prezidenti.

Vaktsinatsiya

Koronavirusga qarshi kurash YEOII davlatlarini farmatsevtika sanoati va umuman tibbiyot sohasida hamkorlik qilishga undaydi, dedi Putin.
Mamlakatlar Rossiya texnologiyalari tufayli emlash surʼatlarini oshirishga muvaffaq boʻldi.
"Rossiya nafaqat ishlab chiqarish quvvatlari va yangi ish oʻrinlarini yaratishga sarmoya kiritdi, balki eng zamonaviy tibbiy texnologiyalarni ham transferini amalga oshirdi va shu tariqa YevrAzES hamkorlarimiz aholini oʻzi ishlab chiqargan yuqori samarali preparatlar bilan emlash surʼatlarini oshirishga muvaffaq boʻldi”, — deb qoʻshimcha qildi prezident.
Uning soʻzlariga koʻra, bu butun Yevroosiyo hududida COVID-19ning kollektiv immunitetini oshiradi.
Putinning soʻzlariga koʻra, bu ishtirokchi davlatlar fuqarolarining YEOII hududi boʻylab erkin harakatlanishini toʻliq tiklash uchun sharoit yaratadi.

Iqlim va yashil iqtisodiyot

Rossiya yetakchisi YEOII mamlakatlarini iqlim kun tartibi va iqtisodiyotning yashil transformatsiyasi mavzusida hamkorlikni faollashtirishga chaqirdi.
Rossiya tashabbusi bilan issiqxona gazlari chiqindilariga qarshi kurashish, uglerod neytralligiga erishish hamda atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari boʻyicha pozitsiyalarni muvofiqlashtirish bilan shugʻullanuvchi maxsus ishchi guruh tuzilgan.
“Biz YevroAzES hamkorlari bilan bu boradagi konstruktiv hamkorlikni davom ettirishga umid qilamiz”, — dedi prezident.

Tovarlarni markirovkalash

Putin YEOIIda mahsulotlarni markalash tizimini kengaytirishni taklif qildi. Bu Ittifoqdagi bozorlar shaffofligini taʼminlash uchun zarur.
Bu amaliyot noqonuniy savdoga qarshi kurashda – ayniqsa, isteʼmol tovarlar yoʻnalishida oʻz samarasini koʻrsatdi.
Bundan tashqari, markirovka ishtirokchi mamlakatlar byudjetlariga soliq tushumlarini oshiradi, shuningdek, biznes uchun raqobat muhitini yaratadi, deya xulosa qildi Putin.
Yana materiallar:
>> Qirgʻiziston YEOIIda milliy valyutalarda hisob-kitoblarni koʻpaytirishni taklif qildi
>> Ozarbayjon YEOIIga kuzatuvchi-davlat sifatida taklif etildi
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala