BTR sotmoqchi bo‘lgan erkak qo‘lga olindi - video

© Sputnik / Mediabankka o‘tishBTR-82A
BTR-82A - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.12.2021
Obuna bo‘lish
Qozog‘istonlik erkak 20-yil davomida yashirincha saqlagan BTRni sotmoqchi bo‘ldi.
TOShKENT, 10 dek — Sputnik. Qozog‘iston politsiya departamenti xodimlari Aqto‘bening Rossovxoz qishlog‘i yaqinida BTR-60 zirhli mashinani aniqlashdi, deb xabar qildi Sputnik Qozog‘iston.
Xabarda aytilishicha, qozog‘istonlik erkak 20-yildan beri yashirib kelgan zirhli mashinani sotmoqchi bo‘ldi.
Texnika muhandis bo‘lib ishlovchi fuqaroga tegishli ekanligi ma’lum bo‘ldi.
U politsiyaga 2000-yillarda "noma’lum shaxs"dan zirhli mashina sotib olganini aytadi. Endi kerak bo‘lmagani uchun sotishga qaror qildi.
BTR egasiga jarima yoki 2-yil qamoq jazosi berilishi mumkin.
Yangiliklar lentasi
0